Mitoz sikli
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Mitoz va meyoz 011019174935
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVRON SULTONOV. Farg’ona shahri
DAVRON SULTONOV. Farg’ona shahri MITOZ SIKLI Interfaza (2n, 4c) – bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo’lgan davr. Interfaza 3 bosqichga bo’linadi:
№ Interfaza davrlari
Davrlarda bo’ladigan jarayonlar 1 davri 2n 2c
G 1 1. Oqsil va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi; 2. DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi; 3. Hujayra jadal o’sadi. 2 Sintez davri 2n 4c S 1. DNK molekulasi ikki hissa ortadi; 2. DNKning ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko’p DNK hosil bo’ladi 3 Sintezdan keyingi davri 2n 4c G 2 1. Hujayra mitozga tayyorgarligini yakunlaydi
Mitozning bosqichlari va jarayonlari № Bosqich nomi Bosqichlarda bo’ladigan jarayonlar
1 Profaza
(xromosoma - 2n) (DNK – 4c) 1. Yadro kattalashadi; 2. Yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi, 3. Xromosomalar spiralga o’ralib, kalta va yo’g’on holatga keladi. 4. Xromosomalar mikroskopda aniq ko’rinadi. 5. Yadrochalar yo’qoladi. 6. Axromatin ipchalar shakllanadi. 7. Sentriolalar bo’linib, ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi. 8. Bo’linish urchug’i xromosomalarning qutblarga tomon tarqalishini ta’minlaydi. 9. Profazaning oxirida yadro qobig’i parchalanadi. 10. Yadro qobig’i parchalanib, xromosomalar sitoplazmada erkin holda betartib joylashadi.
2 Metafaza (xromosoma - 2n) (DNK – 4c) 1. Xromosomalarning spirallanishi davom etadi. 2. Xromosomalar hujayra markaziga to’planadilar. 3. Har bir xromosomaning sentromeri axromatin ipiga birikadi. 4. Xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi. 5. Xromosomalar qutblardan bir xil masofada, ya’ni ekvator tekisligida bir tekis joylashadi. 6. Xromosomalar orasidagi masofa bir xil bo’ladi. 7. Xromosoma sentromeralari qat’iy qonuniyat asosida ekvator tekisligida bir xil holatda joylashadi. 8. Har bir xromosomaning xromatidlari bir-biridan itarilib, faqat birlamchi belbog’ bilangina birikkan bo’ladi. 9. Bo’linish urchug’i to’liq shakllanadi. 10. Har bir xromosoma o’z sentromerasi bilan bittadan bo’linish urchug’iga birikadi.
3
Anafaza (xromosoma - 4n) (DNK – 4c) 1. Xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog’ (sentromeralar) uziladi; 2. Xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi; 3. Sentromeraga birikkan bo’linish urchug’i mikronaychalari qisqarishi natijasida xromosomalarni hujayra qutblariga tomon torta boshlaydi. 4. Xromatidalar bir-biridan ajralib ketadi, qutblar tomon yo’naladi.
4
Telofaza (xromosoma - 2n) (DNK – 2c) 1. Mitoz jarayoni yakunlanadi. 2. Xromosomalar qutblarga to’planadi, ya’ni ikki qutbga to’planib, spirallari yoyila boshlab, ingichkalashib ketadi va ikkita yadro ( kariokinez – yadroning bo’linishi) hosil bo’ladi. ; 3. Spirallari yoyila boshlaydi, yorug’lik mikroskopda yaxshi ko’rinmaydigan bo’lib qoladi. 4. Sitoplazmaning membranali qismlaridan yadro qobig’i hosil bo’ladi. 5. Yadrochalar qaytadan shakllanadi. 6. Sitoplazma ikkiga ajralib, o’rtasida plazmatik membrana shakllanadi. 7. Telofazaning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi ( sitokinez - sitoplazma bo’linishi) kuzatiladi. Mitozning biologik ahamiyati — mitoz natijasida hosil bo’lgan har bir yangi hujayra bir xil xromosoma to’plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo’linish genetik materialning yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mitoz natijasida hosil bo’lgan ikkala yangi hujayra diploid to’plamga ega bo’ladi. Mitoz bo’linishsiz ko’p hujayrali organizmlarning to’qima va organlaridagi ko’p sonli hujayralarning tuzilishi va funksiyasi- ning doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo’lishini ta’minlashning iloji bo’lmas edi.
DAVRON SULTONOV. Farg’ona shahri MEYOZ SIKLI
Meyoz bosqichlari Interfaza (bir meyoz va ikkinchi meyoz o’rtasidagi tayyorgarlik) Profaza I Interkinez (meyozning birinchi bo’linishi va ikkinchi bo’linishi orasidagi holat ) Profaza II Metafaza I Metafaza II Anafaza I Anafaza II Telofaza I Telofaza II
Meyozning bosqichlari va jarayonlari Bosqich nomi Bosqichlarda bo’ladigan jarayonlar
Profaza I (xromosoma - 2n) (DNK – 4c) 1. Juft xromatidadan tuzilgan har bir xromosomalar spirallasha boshlaydi, yo’g’onlashib kattalashadi. 2. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo’lib, sentromera yordamida birikkan bo’ladi. 3. Gomologik xromosomalar o’zaro yaqinlashadi. 4. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi xromatidga aniq mos tushadi. 5. Xromosomalar bir-biriga yopishib, yonma-yon joylashadi va xromatidalar tetradasi ni hosil qiladi. Bu hodisa kon’yugatsiya deyiladi. 6. Konyugatsiyalashgan xromosomalar o’rtasida o’xshash qismlari, genlari bilan almashinadi. Bu hodisa esa krossingover deb ataladi. 7. Profaza oxirida gomologik xromosomalar bir-biridan ajrala boshlaydi. 8. Bu jarayonlar bilan bir vaqtda yadro qobig’i parchalanib, yadrochalar yo’qolib ketadi. 9. Sentiolalar ikki qutbga yo’naladi.
Metafaza I (xromosoma - 2n) (DNK – 4c) 1. Xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi. 2. Kon’yugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft holatda ekvator tekisligi bo’ylab joylashadi. 3. Sentromeraga bo’linish urchug’i birikadi. Anafaza I (xromosoma - 2n) (DNK – 4c) 1. Gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biridan aniq ajraladi. 2. Lekin xromatidlarga ajralmay qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.
Telofaza I (xromosoma - n) (DNK – 2c)
1. Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi. 2. Qisqa vaqt ichida yadro qobig’i hosil bo’ladi. 3. Interkinez davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. 4. Birinchi bo’linish natijasida hosil bo’lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosoma genlar yig’indisi jihatidan farq qiladi. INTERKINEZ (DNK reduplikatsiyalanmaydi) Profaza II (xromosoma - n) (DNK – 2c) Mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, bo’linayotgan hujayra gaploid to’plamga ega bo’ladi. Metafaza II (xromosoma - n) (DNK – 2c) Mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, bo’linayotgan hujayra gaploid to’plamga ega bo’ladi. Anafaza II (xromosoma - 2n) (DNK – 2c) Sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo’ladi. Telofaza II (xromosoma - n) (DNK – c) Xromosomalari gaploid to’plamga ega bo’lgan ikkita hujayra hosil bo’ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to’plamli boshlang’ich jinsiy hujayraning ikki marta ketma-ket bo’linishi oqibatida 4 ta gaploid to’plamli yetuk jinsiy hujayralar — gametalar hosil bo’ladi. I bosqich. Ko’payish davri, birlamchi jinsiy hujayralar mitoz yo’li bilan ko’payishi natijasida hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda birlamchi jinsiy hujayralar juda tez ko’payadi, ko’pincha bu jarayon ba log’atga yetish davridan boshlab qarilik davrigacha davom etadi. Ovogenezda birlamchi urg’ochi jinsiy hujayralarning ko’payishi tuban umurtqasizlarda butun umri mobaynida davom etadi. II bosqich. O’sish davri boshlang’ich jinsiy hujayralarning ayrimlari o’sish zonasiga o’tib kattalashadi, oziq moddalar to’playdi. Ularning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi spermatozoidlar o’sish zonasida tez kattalashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim vaqtlarda bir necha yuz va ming martagacha kattalashadi. Birlamchi tuxum hujayralarning o’sishi organizmning boshqa hujayralarida hosil bo’ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlardagi tuxum hujayraning asosiy qismini sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq moddalar to’plamidir. Bundan tashqari birlamchi jinsiy hujayralarda ko’p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi. III bosqich. Yetilish davri — hujayralar yadrosidagi diploid to’plam ikki hissaga ortadi. Bu davrda hujayralar meyoz usulida ko’payib, gaploid to’plamga ega bo’ladi. IV bosqich. Shakllanish davri — hosil bo’lgan jinsiy hujayralarning ma’lum shaklga va hajmga ega bo’lishi bilan amalga oshadi. Tuxum hujayra shakllanish davrida maxsus parda (qobiq) bilan o’ralib urug’lanishga tayyor bo’ladi. Ko’p hollarda sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar tuxum hujayrasida qo’shimcha qobiqlar hosil bo’ladi. Qo’shimcha qobiqlar tuxum hujayra va unda rivojlanayotgan embrionni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qilib turadi. Spermatozoidlar tuzilishiga ko’ra har xil hajm va shaklga ega. Spermatozoidlarning asosiy vazifasi tuxum hujayraga irsiy axborotni olib borish va uning funksiyasini tezlatishdir. Shakllangan spermatozoidda mitoxondriya, Golji majmuasi va urug’lanish vaqtida tuxum hujayra membranasini eritib yuboruvchi maxsus fermentlar bo’ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirgach, diploid to’plamga ega bo’lgan zigota hosil bo’ladi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling