M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

ko’krak  kuks  oralig’i  deb  ataladi.  Kuks  oralig’i  old  tomondan  to’sh  suyagi  , 
orqadan  umurtqa  pog’onasining  ko’krak  qismi,  ostki  tomondan  diafragma, 
yuqoridan ko’krak  qafasining yuqorigi  aperturasi bilan chegaralangan.  Ko’krak 
kuks  oralig’i  oldingi  va  orqa  qismlarga  bo’linadi.  Ikki  qismni  ajratib  turuvchi 
chegara  kekirdak  va  bronxlar  hisoblanadi.  Ko’krak  kuks  oralig’ining  oldingi 
qismida yurak, o’pkalar, ayrisimon bezlar, aorta yoyi, o’pka stvoli va diafragma 
nervi tashkil etadi. 
Ko’krak  kuks  oralig’ining  orqa  qismida  umurtqa  pog’onasi,  qizilo’ngach, 
ko’krak aortasi, adashgan nerv, toq vena va yarim toq vena, ko’krak limfa yo’li, 
simpatik nerv stvoli joylashgan. 
 


 
100 
Nazorat savollari 
 1. Nafas olish sistemasi organlarini sanang.  
 2. Burun va hiqildoq tuzilishi va funksiyasini to’sho’tiring. 
 3. Kekirdakning tog’ayli va muskulli halqalarini tushuntiring.  
 4. Bronxlarning shoxlanishi va tuzilmalarini tushuntirib bering.  
 5. Plevra pardasi va o’pkaning joylashishi va funksiyasini ayting. 
TEST SAVOLARI: 
Nafas olish tizimi.  
1. Burun atrofida havo saqlaydigan bo`shliq qayerda joylashgan 
a) peshona suyagi ichida b) chakka suyagi ichida  
v) ponasimon suyagi ichida g) tepa va peshona suyagi ichida 
2. Odam nafas olish sistemasining qaysi qismida havo bo`lmaydi? 
a) alveolalarda. b) o`pkada. v) traхeyada. g) bronхda. 
3. Ovoz boylamlarini qaysi boylamlar hosil qiladi? 
a) qalqonsimon va cho`michsimon. b) o’zuksimon va qalqonsimon. 
v) cho`michsimon va o’zuksimon. g) ponasimon va qalqonsimon. 
4. Bronх nimalardan tashkil topgan? 
a) tog`ay хalqalardan. b) tog`ay yarim halqalardan. 
v) suyak halqalardan. g) suyak yarim halqalardan. 
5. Kekirdak devoridagi yarim halqa shaklidagi tog`aylar o`zaro qanday 
tutashgan? 
a) fibroz yordamida. b) paylar yordamida. 
v) kiprikli epiteliy yordamida. g) boylamlar vositasida. 
6. O`pka to`qimasi qaysi qon tomirlari oziqlantiradi? 
a) uyqu arteriyasi b) o`pka venalari 
v) bronхial arteriyalari g) bronхial vena 
7. O`pkalar tashqi tomondan qanday parda bilan o`ralgan? 
a) plerva b) perikard v) serroz g) muskul to`qimasi 
8. Diafragma qaysi muskullarning qisqarishi hisobiga yuqoriga ko`tariladi? 
a) ichki qovurg`alararo b) ko`krak muskullar v) tashqi qovurg`alararo d) qorin 
muskullari 
9. Plevra pardalari yallig`lanishi natijasida qanday kasallik Yuzaga keladi? 
a) plevrit b) perikard v) quruq plevrit g) gripp 
10. Ko`ks oralig`i deb nimaga aytiladi? 
a) oldingi tomonda to`sh suyagining orqa yuzasi, ostki tomonda diafragma 
bilan chegaralangan bo`shliq 
b) oldingi tomondan qovurg`a, orqa tomondan umurtqa pog`onasi bilan 
chegaralanga bo`shliq 
v) ikki yon tomondan, pastdan diafragma bilan chegaralangan bo`shliq 
g) Yuqori tomondan bronхdan, ostki tomondan diafragma bilan 
chegaralangan bo`shliq 
11.Odam nafas olish sistemasining qaysi qismida havo bo`lmaydi? 
a) Alveolalarda b) O`pkada v) Taхeyada g) Bronхda 


 
101 
MAVZU: 7. SIYDIK - TANOSIL ORGANLAR SISTEMASI. SIYDIK 
ORGANLARI, ULARNING TUZILISHI, RIVOJLANISHI VA 
ANOMALIYALARI. JINSIY TANOSIL ORGANLAR. 
  
Ma’ruza rejasi: 
1.  Siydik ajratish va jinsiy tizimining takomili. 
2.  Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi.  
3.  Nefron-buyrakning  morfo-funktsional  birligi  siydik  hosil  bo’lish 
mexanizmi. 
4.  Siydik chiqaruv yo’llari. Qovuk. 
5.  Erkak  va  ayollarda  kichik  tos  bo’shligidagi  ichki  organlar 
topografiyasida farqli belgilar. 
6.  Erkaklik jinsiy organlari: moyaklar, urug’ chiqarish yo’llari, urug’ 
kanali,  urug’  pufagi,  erlik  olati  yorg’oqning  tuzilishi.  Tanosil 
organlarining gigienasi va anomaliyalari. 
 
Tayanch  iboralar:  Buyraklar,  nefron,  filtratsiya  jarayoni,  reabsorbtsiya 
jarayoni,  siydik  nayi,  qovuq,  tashqi  chiqaruv  yo’llari,  erkaklik  jinsiy  bezlari, 
urg’ochilik jnsiy bezlari va organlari.  
 
Siydik  -  tanosil  apparati  ikkita  tizim  a’zolaridan  tashkil  topgan:  siydik 
ajratish a’zolari tizimidan va tanosil a’zolar tizimidan. Bu ikkala tizim anatomik 
va  fiziologik  nuqtai  nazardan  farqlanadigan,  lekin  kelib  chiqishi  va  joylashuvi 
jixatdan  bir-  biriga  bog’langan  bo’ladi.  Modda  almashinuvi  maxsulotlari 
organizmdan  asosan  siydik  ajratish  tizimi  a’zolari  orqali  chiqariladi.  Tanosil 
a’zolar tizimi ko’payish vazifasini bajaradi. 
Siydik  ajratish  a’zolarga  buyraklar,  siydik  yo’llari,  qovuk  va  siydik 
chiqarish  yo’li  kiradi.  Murdada  va  mulyajlarda  studentlarni  dikkatini 
buyraklarning topografiyasiga, shakliga, yuzalariga, darvozasiga, o’rab turuvchi 
kapsulalariga  e’tibor  berish  lozim.  Buyraklar  siydik  hosil  qiluvchi  a’zodir. 
Oqsilli  modda  almashinuvi  jarayonining  oxirgi  maxsulotlari  mochevina,  siydik 
kislotasi,  kreatinin  xolida,  organik  moddalarning  chala  oksidlanishi  natijasida 
hosil  bo’lgan  atsetonli  birikmalar,  so’t,  sirka  kislotalari,  tuzlar,  endogen  va 
ekzogen  zaharli  moddalar  suvda  erigan  holda  aososan  buyraklar  orqali 
organizmdan  chiqariladi.  Buyraklar  o’pkalar  va  teri  bilan  bir  qatorda  modda 
almashinish  natijasida  organizmda  hosil  bo’lgan  oxirgi  toqsik  ta’sirotga  ega 
bo’lgan  keraksiz  moddalarni  chiqarish  uchun  xizmat  qiladigan  asosiy  a’zodir. 
Buyrakning  ajoyib  tuzilishi  shundan  iboratki,  uning  biologik  membranalari 
orqali siydik chiqaruv yo’llariga faqat keraksiz moddalar chiqarib tashlaydi. 
Buyraklar  qorin  bo’shligi  orqa  devorining  ichki  yuzasida,  umurtqa 
pog’onasining XII ko’krak va I - II bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan. 
O’ng  va  chap  buyrak  bir  tekis  darajada  turmaydi,  chap  buyrak  o’ng  buyrakga 
nisbatan 1-1.5 sm  yuqoriroq turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, 
kengligi  5-6sm,  ogirligi  120-200g.  Embrional  taraqqiyot  davrida  xomilada 
buyraklar  bo’lakchalarga  ajralgan  bo’ladi,  ammo  bola  tug’ilgandan  so’ng 


 
102 
bo’lakchalar  orasidagi  chegaralari  yo’qolib  ketadi.  Yangi  tug’ilgan  bolalarda 
buyrak  qopkasi  hali  shakllanmagan  bo’ladi  va  joylashuvi  ham  katta  kishilarga 
nisbatan  pastroqda,  ya’ni  ikkinchi  bel  qarshisida  turadi.  Qopka  15  yoshda 
shakllanib, o’z joyini egallaydi. 
Buyraklar  juft  a’zolar  bo’lib,  shakli  loviyaga  o’xshaydi.  Uning  tashqi 
qirg’og’i  kavarik,  ichki  qirg’og’i  botiq  bo’ladi.  Ichki  botiq  qirg’og’ida 
chuqurcha  bo’lib,  ana  shu  yerda  buyrak  darvozasi  shakllanadi.  Buyrak 
darvozasiga  buyrak  arteriya  va  nerv  kiradi  va  undan  vena,  limfa  tomirlari  va 
siydik yo’li chiqadi. Buyrak darvozasi sohasida bo’shliq hosil bo’ladi va buyrak 
kavagi  deyiladi.  Siydik  qabul  qilib  oladigan  qismlar  -  chunonchi,  buyrak 
kosachalari,  buyrak  jomi  ham  shu  yerdan  boshlanib  siydik  olib  ketuvchi 
yo’llarga  ochiladi.  Buyrakning  tashqi  va  ichki  yuzalari,  quyi  va  yuqorigi 
ko’tblari tafovut qilinadi. Tashqi yuzasi orqa yuzaga qaraganda kavarik bo’ladi. 
Uning yuqori qutbi quyi qutbiga nisbatan uchlangan bo’lib, yuzasida buyrak usti 
bezlari o’rnashgan. Rasm № 
Buyrak  biriktiruvchi  to’qimali  kapsula,  yog’  kapsula  va  seroz  parda  bilan 
o’ralgan. Kapsula buyrak  moddasiga bo’shgina birikkan bo’ladi va undan oson 
ajralib  ketadi.  Buyrakni  kesib  oddiy  ko’z  bilan  yoki  mikroskopda  qaraganda, 
bunda  po’st  va  mag’iz  moddasi  deb  nom  olgan  ikki  qismdan  iborat  ekanligi 
ko’rinadi.  Po’st  modda  tuk  qizil  rangli  bo’lib,  donador  holatda  ko’rinadi  va 
kapsula  ostida  qalin  qavat  xolida  yotadi.  Mag’iz  moddasi  sarigishroq  bo’lib, 
bo’lakchalarga  -  piramidalarga  bo’linadi.  Buyrakdagi  piramidalar  soni  8-12  ta 
bo’ladi.  Piramidalarning  keng  asosi  po’st  moddaga,  uchi  esa  buyrak  kavagiga 
qaratilgan  bo’ladi.  2-3  piramidalarni  uchi  qo’shilishidan  so’rg’ich  shakllanadi. 
Har  bitta  so’rg’ichning  uchida  10-20  gacha  so’rg’ich  teshiklari  ochiladi.  1-3 
so’rg’ichlar  uchi  kichik  buyrak  kosachasini  bo’shligiga  qaratilgan.  Kichik 
kosachalarni soni 7-8 bo’ladi. Bir nechta kichik kosachalar 3-5 katta kosachalar 
ichiga ochiladi. Katta kosachalar bir-biri bilan qo’shilib bitta umumiy bo’shliqni 
-  buyrak  jomini  hosil  etadi.  Buyrak  jomi  asta-sekin  torayib,  siydik  yo’liga 
o’tadi.Siydik  so’rg’ichlar  teshiklaridan  avval  kichik  kosachalarga,  keyin  katta 
kosachalarga, buyrak jomiga va u yerdan siydik yo’liga tushadi. 
Po’st  va  mag’iz  moddalar  orasida  keskin  chegarasi  bo’lmaydi.  Mag’iz 
moddaning  piramidalari  oralig’iga  po’st  moddani  bir  qismi  ustunchalar  xolida 
kiradi.  Po’st  moddaning  ana  shu  qismi  buyrak  ustunchalari  -  Bertini 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling