M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
darvozasi joylashgan. O’pka darvozasiga bronx, o’pka arteriyasi, nervlar kiradi.
Har bitta o’pka darvozasidan ikkita o’pka venasi, limfa yo’llari, bronxlarning venalari chiqadi. O’pka darvozasiga kiruvchi va u yerdan chiquvchi qon va limfa tomirlari, hamda nervlar birgalikda o’pka ildizini hosil qiladi. CHap o’pkada darvoza tarkibida eng yuqorida o’pka venasi yetadi, pastroq va old tomonda bronx va o’pka venalari joylashgan. Un o’pkaning darvozasida eng yuqorida bronx, undan keyin o’pka arteriyasi va vena joylashgan. O’pkada uchta qirra oldingi, pastki va orqa qirralar tafovut etiladi. Oldingi qirra o’tkir bo’lib, medial va qovurg’a tomon yuzalarni bir - biridan ajratadi. CHap o’pkaning pastki yarimining oldingi qirrasida yaxshi ifodalangan yurak o’ymasi joylashgan. Pastki qirrasi ham o’tkir bo’lib, pastki yuzani qovurg’a tomon yuzadan ajratadi. Orqa qirra o’pkaning tumtoq yumaloqlangan cheti bo’lib,chuqur yoriqlarga aylanib o’pkani pallalarga ajratadi. Kiya yorig’i ikkala o’pkani medial yuzasidan, yuqorigi uchidan 6-7sm pastroq, III ko’krak umurtqasining ro’parasidan boshlanib, o’pka asosigacha yetadi va chap o’pkani ikkita pallaga ajratadi. O’ng o’pkada kiya yoriqdan uncha chuqur bo’lmagan, kalta gorizontal yoriq ajraladi, IY qovurg’a ro’parasidan gorizontal yo’nalishda old tomonga o’tib, o’pkani oldingi qirrasigacha yetadi va o’pka ildizining old sohasida tugallanadi. Bu yoriq o’ng o’pkani yuqori pallasini o’rta pallasidan ajratadi. O’pka pallalari ma’lum darajada ayrim va bir-biridan xolis bo’lgan o’pkaning anatomik qismi bo’lib, har biri xususiy bronx va qon tomir nerv kompleksiga ega. O’pkaning har bir segmenti o’ziga hos bronx bilan bir qatorda xususiy qon tomir va nerv kompleksiga ega. Segment - bu o’pkaning o’z xususiy qon tomirlari nerv tolalari va bronxiga ega bo’lgan qismidir. Har bir segment boshqalaridan farqlansada , lekin ularning tuzilishilda umumiylik bor: ular barchasining shakli konussimon bo’lib, konusning uchi o’pka ildizi tomon yo’nalgan va keng asosi vistseral plevra bilan qoplangan. O’pkaning morfologik va funktsional birligi - atsinusdir. Atsinus tarkibiga terminal va alveolyar bronxiolalar va alveolalar kiradi. Alveolar sharsimon shaklga ega bo’lib, ichki yuzasi ikki turdagi hujayralar nafas alveolotsitlari (skvamoz) va katta (granulyar) alveolotsitlar bilan qoplangan. Nafas alveolotsitlar ko’pchiligini tashkil etadi va 97.5% alveolalar yuzasini qoplaydilar. Bu hujayralar nihoyatda yassi va qalinligi 0.1-0.2 mkm tashkil etadi, faqat yadrosi joylashgan yerda qalinlashgan bo’ladi. Yassi hujayralarning chegaralari o’zaro zich bo’lib, ular bazal membrana ustida joylashgan. Nafas alveolotsitlarni nihoyatda yupqa bo’lishi, ularni asosiy funktsiyasi bo’lmish gaz almashinishiga kulay sharoit yaratadi. Katta alveolotsitlar yirik hujayralar 99 bo’lib, ikki donadan un donagacha sferik shakldagi osmiofil plastinkasimon tanachalarga ega. Zamonaviy nazariyalarga ko’ra katta alveolotsitlar lipoproteid tabiatga ega bo’lgan, va xudayralarning alveolaga qaragan yuzasini qoplab turadigan surfaktant degan moddani ishlab chiqaradilar. Katta alveolotsitlar bazal membrana ustida joylashadilar va o’zga turdagi hujayralar bilan zich joylashadilar Bundan tashqari katta alveolotsitlar alveolalarning ichki yuzasini qoplab turgan boshqa hujayralarning hosil bo’lishi uchun manba hisoblanadi. Har bir alveola kapillyar tomirlar turi bilan o’ralgan. Alveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orqali gazlar almashinadi - havodan qonga kislorod, qondan alveolaga esa karbonat angidrid va suv buglari o’tadi. O’pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi, ularning yuzasi esa 40- 120 m 2 ga teng deb hisoblanadi. Jismoniy ish ta’sirida alveola devorlari cho’ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi. Har qaysi o’pka plevra deb ataladigan seroz parda bilan o’ralgan. Plevra ikki varaqdan - ichki (vistseral) va devor (parietal) varaqlardan iborat. Ichki yoki vistseral varag’i darvoza sohasidan tashqaridan butun o’pkani o’rab turadi. Devor yoki parietal varag’i esa ko’krak bo’shlig’i devorini qoplab oladi. Ichki va devor varaqlar o’rtasida yoriqsimon plevra bo’shlig’i bo’ladi. Bu bo’shliq ichida plevra varaqlarini namlab turadigan bir oz miqdorda seroz suyuqligi joylashgan. Seroz suyuqligi nafas olishda o’pka harakatlarini yengillashtiradi. Plevra biriktiruvchi to’qimali plastinka bo’lib, ustidan mezoteliy bilan qoplangan. Parietal plevrada joylashuviga ko’ra qovurg’a, mediastinal va diafragmal qismlari farqlanadi. Qovurg’a plevrasi qovurg’alar yuzasini va qovurg’a-aro bo’shliqlarni qoplaydi. To’sh suyagi ni old tomonidan, umurtqa pog’onasining orqa tomonidan qovurg’a plevrasi mediastinal qismi bilan tutashadi. Mediastinal plevrasi perikard ustini qoplaydi va o’pka ildizi sohasida o’pkaning vistseral plevrasiga o’tib ketadi. Pastda qovurg’a va mediastinal plevralar diafragmal plevraga o’tib ketadi. Faqat diafragmani markaziy qismlariga o’ta olmaydi, chunki bu yerda perikard diafragmaga yopishgan bo’ladi. Qovurg’a plevrasi diafragmal va mediastinal plevralarga o’tish sohalarda o’pka cho’ntaklarini yoki sinuslarini hosil qiladi. Bu sinuslar o’pkalar uchun qo’shimcha bo’shliqlar bo’lib, nafas olish va nafas chiqarishda o’pkalar xajmini kengayishini ta’minlaydi. Ikkala plevral xaltachalari o’rtasida joylashgan a’zolarni kompleksiga Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling