M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Shilliq osti qavat siyrak tolali biriktiruvchi to’qimalan iborat. Bu yerda qon 
tomirlari, nerv oxirlari, limfa tugunlari va Brunner bezlari joylashgan. 
Muskul  pardasi  silliq  muskul  hujayralaridan  iborat  bo’lib,  tashqi  va  ichki 
qavatga  bo’linadi.  Tashqi  qavatda  silliq  muskul  hujayralari  uzunasiga  qarab, 
ichki qavatda esa aylanasiga qarab joylashgan. 
Seroz  parda  ichak  devorining  tashqi  tomondan  o’rab  oladi  va  qorin 
pardaning vistseral varag’idan hosil bo’ladi. 
Och  ichak  -  o’n  ikki  barmoqli  -  och  ichak  burmasidan  boshlanib,  uning 
qovo’zloklari  qorin  bo’shlig’ining  yuqorigi  chap  qismida  yetadi.  Och  va 
yonbosh ichaklar qorin parda bilan hamma tomondan o’ralgan. SHuning uchun 
ikkala ichak joylashuvi jixatdan intraperitoneal a’zolarga kiradi. Och ichakning 
hazm  yuzasi  yonbosh  ichakka  nisbatan  ancha  katta.  Bu  xususiyat  bir  qancha 
sabablarga bog’liq: a) och ichak diametrini katta bo’lishi. b) aylanma burmalari 
yirik  va  bir-biriga  zich  joylashganligi.  v)  och  ichakda  vorsinkalar  va  kriptalar 
soni  va  uzunligi  ancha  yuqori  bo’lishi.  Masalan,  och  ichakning  1  mm
2
  sathida 
22-40  gacha  vorsinkalar  uchraydi.  Yonbosh  ichakda  esa  1mm
2
  sathida  18-  31 
vorsinkalar  uchraydi.  Och  ichakning  devori  ovqat  hazm  nayi  uchun  hos 
tuzilishga ega. Uning devorida shilliq parda, shilliq osti qavati, muskul parda va 
seroz  parda  farq  qilinadi.  Shilliq  parda  epiteliy,  xususiy  plastinka  va  muskul 
plastinkadan iborat. Shilliq pardada juda ko’p miqdorda vorsinkalar va kriptalar 
bo’ladi.  Vorsinkalar  shilliq  pardaning  xususiy  plastinkasidan  hosil  bo’lgan 
burtmalaridir.  Ularning  shakli  va  uzunligi  ingichka  ichakning  qaysi  bo’limida 
uchrashishiga bog’liq. O’n  ikki  barmoq  ichakda vorsinkalar  kalta va  keng, och 
ichakda uzun, ingichka va juda zich joylashgan, yonbosh ichakda ularni soni va 
uzunligi  kamayadi.  Har  bitta  vorsinka  yuzasi  bir  qavatli  tsilindrsimon  epiteliy 
bilan  qoplangan.  Epiteliy  tarkibida  3  xil  hujayralar:  jiyakli,  kadaxsimon  va 
enteroendokrin  hujayralar  farq  qilinadi.  Jiyakli  hujayralar  miqdori  ko’p  bo’lib, 
ularning  apikal  yuzasida  1500-300  mikrovorsinkalar  hosil  bo’ladi.  Bunday 
tuzilishga ega bo’lgan hujayralar ichakda juda katta surish yuzasini hosil qiladi. 
Mikrovorsinkalar  nafaqat  surish  jarayonida  ishtirok  etadi,  bular  sathida  ko’p 
miqdorda parchalanishda ishtirok etuvchi aktiv fermentlar, ayniqsa fosfataza va 
lipaza  aniqlanadi.  Vorsinka  markazidan  keng  limfatik  kapillyar  o’tadi.  Uning 
uchi  berk  bo’lib,  vorsinka  uchidan  boshlanadi.  Parchalangan  yog’  maxsulotlari 
limfatik kapillyarga o’tadi va limfa tarkibida shilliq pardada joylashgan limfatik 
turga qarab oqadi. Har bir vorsinkaga shilliq osti pardadan 1-2 arteriola kiradi va 
vorsinka  stromasida  limfa  kapillyari  atrofida  qon  kapillyarlarga  tarmoqlanib 
ketadi.  Qonga  oddiy  kandlar  va  parchalangan  oqsillar  o’tadi.  Kapillyarlardan 


 
91 
qon  vorsinka  uki  bo’ylab  joylashgan  venulalarga  yig’iladi.  Vorsinkalar 
oralig’iga ichak kriptalarining Og’izchalari ochiladi. 
Ichak kriptalari shilliq pardaning xususiy qavatida joylashgan epiteliyning 
naysimon  chuqurchalaridir.  Ichakning  1mm
2
  sathida  80-100  gacha  kriptalar 
uchraydi.  Kriptalar  devori  5  xil  epitelial  hujayralardan  tashkil  topgan.  Undan 
birinchi  3  xili  xuddi  vorsinkalarda  uchraydigan  hujayralardir.  Qolgan  ikki  xili 
esa kriptalarni tubida uchraydi. Bu Panet hujayralari va jiyaksiz enterotsitlardir. 
Panet  hujayralari  lizotsim  moddasini  va  dipeptidlarni  parchalaydigan  erepsin 
fermentini ishlab chiqadi. Enterotsitlar - mayda, tsilindrsimon shaklga ega, Panet 
hujayralari  orasida  joylashgan,  aktiv  ravishda  mitotik  bo’linadi,  vorsinka  va 
kriptalar epiteliysini tiklanishini ta’minlaydi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling