M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Quymich suyagi quymich kosaga nisbatan pastroq joylashgan. Bu suyak
tana va shoxchadan iborat. Quymich suyagining tanasi quymich kosani hosil bo’lishida ishtirok etadi. SHoxchasi qov suyagining shoxchasi bilan birikib ketadi. Suyakning eng pastki qismida burilish joyida quymich bo’rtig’i bor. Quymich bo’rtig’ining orqa tomonida kichik quymich o’ymasi joylashgan. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o’tkir uchli o’siq katta va kichik quymich o’ymalarni bir-biridan ajratadi. Qov suyagi tana, yuqorigi va pastki shoxlardan iborat. Qov suyagining kalta va keng tanasi quymich kosacha hosil bo’lish da ishtirok etadi. Pastki va yuqorigi shoxchalar bir-biriga nisbatan ma’lum burchakda joylashgan. Quymich suyagining shoxchasi qov suyagining pastki shoxchasi bilan tutashib, yopilib turuvchi teshikni hosil qiladi. Yuqori shoxchasini orqa qirrasi uchlangan bo’lib, qov qirrasini hosil qiladi. Qov qirrasi yonbosh suyagining yoysimon chizig’i bilan tutashib ketadi. Natijada, katta tos bo’shligini kichik tos bo’shligidan ajratadigan chegaralovchi chiziq hosil bo’ladi. CHap va o’ng qov suyaklarining medial yuzalari orasida qov simfizi hosil bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda quymich kosachasi yassilashgan bo’ladi, ayniqsa qizlarda. Tos suyagi alohida suyaklardan tashkil topib, suyaklar orasida tog’ayli qatlamlar joylashgan. 6 yoshdan boshlab tog’ayli plastinkalar yo’qola boshlaydi. Uchchala suyaklarning to’liq suyaklanishi qizlarda 12-14 yoshda, ugil bolalarda 13-16 yoshda o’tadi. Oyoqning erkin turgan bo’limidagi suyaklar. Son suyagi - odam tanasining eng uzun va katta naysimon suyagidir. Uning yuqori uchida medial yoki ichki tomoniga qaragan sharsimon boshchasi, boshchasining pastrogida burchak bilan joylashgan bo’yinchasi bor. Bu burchakning o’rtacha kattalikdagi erkaklarda 130º ga teng, ayollarda to’g’ri burchakni tashkil etadi. Son suyagining boshchasi tos suyagining quymich kosasi bilan birikib, o’zining yuzasida chuqurchaga ega. Bu chuqurchaga yumaloq boylam birikadi. Suyakning uzun bo’yin qismi diafiz qismiga o’tadigan joyida katta va kichik do’nglari mavjuddir. Katta do’ngcha tashqariga qaragan va uning asosida do’ng chuqurchasi joylashgan. Kichik do’ngcha ichkariga va orqaga qaragan. Bu do’ngchalarga dumba muskullari birikadi. Suyakning oldingi yuzasida ikkala do’ng o’rtasida do’nglararo g’adir-budir chiziqlar, orqa yuzasida esa do’nglararo qirra joylashagan. Son suyagining orqa yuzasida g’adir-budir chiziq bo’ladi. Suyakning tanasi deyarli tsilindsimon shakldadir. Son suyagining pastki uchida ikkita do’ng - medial yoki ichki do’ng, lateral yoki tashqi do’nglar joylashgan. Ular o’rtasida 39 do’nglararo chuqurlik bor. Ichki do’ng tashqi do’ngdan kattaroq. Do’nglar katta boldir suyagi bilan birikishi uchun bo’g’im yuzalariga ega. Old tomondan ikkala do’ng umumiy bo’g’im yuzasini hosil qiladi, uning o’rtasida do’nglararo chuqurcha bor. Old tomondan chuqurcha tizza usti yuzasini hosil qilib, bu yuzaga tizza qopqog’i taqaladi. Son suyagi do’nglarining ustida, ikki yon tomoniga chiqqan ichki va tashqi do’ng usti tepaliklari bor. Odam evolyutsiyasining takominlanishi natijasida tik yurish qobiliyati paydo bo’ldi. Natijada tos va son suyaklarining tuzilishi o’zgardi. Odamsimon maymunlarga nisbatan odamning son suyagi uzunlashdi va ingichkalashdi, tanasi old tomonga qarab bukilgan belgisi paydo bo’ldi, orqa yuzasida esa g’adir-budur chizig’i kuchli darajada rivojlandi. Tizza qopqog’i yoki tizza usti suyagi sonning eng yirik suyagi bo’lib, u soninng turt boshli muskul payining ichida yotadi va tizza bo’g’imni hosil qilishda qatnashadi. Tizza qopqog’ining o’tkir uchi pastga qaratilgan, keng asosi – yuqorida, bo’g’im yuzasi esa tog’ay bilan qoplangan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling