M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Ma’ruza rejasi: 
1. Qo’l skeleti. 
2. Qo’l suyaklarining birikishi. 
3. Oyoq skeleti. 
4. Oyoq suyaklarining birikishi.  
5. Bosh skeleti.  
6. Bosh suyaklarining birikishi. 
 
 
Tayanch  iboralar:  qo’l  suyaklari,  kurak  suyagi,  o’mrov  suyagi,  yelka 
kamari,  yelka  suyagi,  diafiz,  epifiz,  metafiz,  pkaft  suyaklari,  son  suyagi, 
boldir suyagi, oyoq panja suyaklari, supenatsiya, pronatsiya, bosh skeleti 
 
Qo’llar skeleti. 
Qo’llar  skeleti  2  bo’limdan  iborat:  yelka  kamaridan  va  erkin  qo’l 
suyaklaridan. 
Yelka kamari ikki juft suyaklaridan: kurak va o’mrov suyaklaridan iborat. 
Qo’lning  erkin  qismi  3  qism  bilak  va  panjag’a  bo’linadi.  Yelka  qismida  yelka 
suyagi,  bilak  qismi  esa  tirsak  va  bilak  suyaklaridan  iborat.  Panja  esa  kaft  usti 
suyaklariga,  kaft  suyaklariga  va  barmoqlarga  bo’linadi.  Panja  suyaklari  27 
suyaklardan iborat. 
 
Qo’l skeleti 
yelka kamari 
Erkin qo’l suyaklari 
Kurak 
suyagi 
O’mrov 
suyagi 
Yelka 
qismi 
Bilak qismi 
Panja qismi 
 
 
Yelka 
suyagi 
Bilak 
suyagi 
Tirsak 
suyagi 
Kaft  usti 
suyaklari 
Barmo
qlar 
Kaft 
suyaklar 
Yelka kamarining suyaklari
Yelka kamari chap va o’ng tomonda bittadan o’mrov va kurak suyaklaridan 
tuzilgan. 
O’mrov  suyagi  egilgan  naysimon  suyak  bo’lib,  ko’krak  qafasining  old 
tomonida  gorizontal  holda  joylashgan.  O’mrovning  o’rta  qismi  yoki  tanasi  va 
ikki  uchi  bor.  O’mrov  suyagining  medial  uchi  to’sh  suyagining  dastasi  bilan 
birikadi,  lateral  uchi  esa  kurakning  akromial,  ya’ni  yelka  o’simtasi  bilan 
birikadi.  Paypaslash  usulida  o’mrov  suyagini  joylashuvini  aniqlash  mumkin. 
O’mrov  suyagini  funktsional  ahamiyati  katta,  chunki  ayni  bir  vaqtda  bu  suyak 
qo’lni  tanaga  birlashtiradi,  ikkinchi  tomondan  esa  yelka  bo’g’imini  ko’krak 
qafasidan uzoqlashtirib, qo’lni turli harakatlarini erkin bajarilishini ta’minlaydi. 
Kurak  uchburchak  yassi  juft  suyakdir.  Kurak  ko’krak  qafasining  orqa 
tomonida  V-VIII  qovurg’alari  chegarasida  joylashgan.  Kurakda  3  qirra,  3 
burchak va 2 - ta yuza farqlanadi. Lateral qirra kengaygan bo’lib, tashqi burchak 


 
34 
chegarasida bo’g’im chuqurchasini hosil qiladi. Bu chuqurcha yelka suyagining 
boshchasi bilan birikib yelka bo’g’imini hosil qiladi. 
Kurakning  medial  qirrasi  o’tkir  bo’lib,  umurtqa  pog’onasiga  nisbatan 
paralel holda joylashgan. Kurakda ustki qirrasi ham farqlanadi. 
Kurakning  orqa  yuzasi  kurak  qirrasi  bilan  2  qismga  bo’linadi:  qirra  osti 
yuza  va  qirra  ustki  yuzalariga.  Kurak  qirrasi  lateral  yoki  tashqi  tomonga  o’sib 
akromial  ya’ni  yelka  o’sig’i  hosil  qiladi.  Kurakning  yuzasida  kurak  osti 
chuqurchasi  joylashagan.  Bo’g’im  chuqurchasidan  yuqoriroqda  tumshuqsimon 
o’sig’i  chiqadi.  Evolyutsiya  jarayonida  kurak  suyagi  odamsimon  maymunlarga 
qaraganda  keskin  o’zgargan.  Odamda  kurak  suyagi  orqaga  siljib,  kengligiga 
nisbatan  uzunligi  ancha  kaltalashgan,  kurak  usti  chuqurchasi  kurak  osti 
chuqurchaga  nisbatan  kichik  bo’ladi.  Odamsimon  maymunlarda  kurak  qirrasi 
kurak  sathiga  nisbatan  59
0
  ni  tashkil  etadi  va  undan  oshmaydi,  odamlarda  bu 
burchak  90
0
  gacha  yetishi  mumkin.  Maymunlarda  kurak  usti  va  kurak  osti 
chuqurchalari jajmi jixatdan bir-biriga teng bo’ladi. 
QO’LNING ERKIN TURGAN BO’LIMIDAGI SUYAKLAR 
Yelka  suyagi  uzun  naysimon  suyaklar  guruxiga  kirib,  tanasi  –  diafiz  va 
ikkita  uchi  –  epifizlar  tafovut  qilinadi.  Yelka  suyagining  o’rganish  davrida  bu 
suyakning  tanasi  yuqori  uchida  naysimon  shaklga  eganligi,  distal  uchiga 
yaqinlashgan  sari  uch  qirrali  shaklga  ega  bo’ladi.  Proksimal  uchida  sharsimon 
boshchasi, katta va kichik do’mboqlari joylashgan. Yelka suyagining boshchasi 
suyakning  boshqa  qismlaridan  nozik  egat  xolida  o’tgan  anatomik  bo’yincha 
orqali  ajralgan.  Do’mboqlardan  pastroqda,  boshchani  tanasiga  birakadigan 
chegarada  xirurgik  bo’yincha  joylashgan.  Aynan  shu  joyda  suyakni  sinishi 
kuzatiladi.  Pastki  yoki  distal  epifizda  medial  yoki  ichki  tomonda  g’altakka 
o’xshash  hosila  joylashgan.  Lateral  yoki  tashqi  tomonida  esa  boshsimon 
do’ngcha  bor.  G’altak  ustida  old  tomondan  ancha  kattaroq  bo’lgan  tirsak 
chuqurchasi  bo’ladi.  Bu  chuqurchaga  tirsak  suyagining  o’sig’i  kiradi.  G’altak 
ustida  orqa  tomondan  toj  chuqurcha  hosil  bo’ladi.  Toj  chuqurchaga  tirsak 
suyagining tojsimon o’sig’i kiradi. Yelka suyagi o’zining distal uchi bilan bilak 
va  tirsak  suyaklariga  birikadi.  Yelka  suyagining  pastki  uchida  ikki  chet 
tomonidan  medial  va  lateral  tepachalar  joylashgan.  Tepachalar  muskul  va 
boylamlarni birikish joyi hisoblanadi. 
Bilak  suyaklari  bilak  va  tirsak  suyagidan  iborat.  Tirsak  suyak  pronatsiya 
holatida medial tomonda, bilak suyagi lateral tomonda joylashadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling