M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Bo’g’imlar klassifikatsiyasi
Oddiy, murakkab va aralashgan bo’g’imlar farqlanadi. Agar bo’g’im hosil bo’lishida faqat ikkita suyak ishtirok etsa, unda oddiy bo’g’im hosil bo’ladi. Masalan, yelka bo’g’imi, falangalar-aro bo’g’imi oddiy bo’g’imlarga misol bula oladi. Uchta va undan ortiq suyaklar birikishidan murakkab bo’g’imlar hosil bo’ladi. Ba’zan murakkab bo’g’im bir nechta oddiy bo’g’imlardan tashkil topib, har bir bo’g’im funktsional jixatdan alohida ish bajarishi mumkin. Masalan, tirsak bo’g’imi uchta alohida oddiy bo’g’imlardan tuzilib, atrofdan bitta umumiy kapsula bilan o’ralganligi sababli, yaxlit anatomik nuqtai nazardan bitta bo’g’im deb kuriladi. Hamkor bo’g’imlar juft va undan ortiq bo’g’imlarni funktsional yig’indisi bo’lib, bir bo’g’imda harakatlarni bajarilishi ikkinchi qo’shni bo’g’imda ham shu harakatni keltiradi. Masalan, chap va o’ng chakka-pastki jag’ bo’g’imlarining harakatlari. Agar bo’g’im ikki taraflama harakat qilsa, ya’ni bir-biri bilan kesishgan ikki o’q atrofida aylansa ya’ni faqat bukilib yozilsa bir o’qli bo’g’im deb ataladi. SHakli jixatdan sharsimon, ellipssimon, tarnovsimon, yassi, yong’oqsimon, tsilindrsimon bo’g’imlar farqlanadi. Bo’g’im bo’shligidan o’tadigan aylanma uklarni soniga ko’ra bir o’qli, ikki o’qli va ko’p o’qli bo’g’imlar farqlanadi. Aylanma o’qlarni yo’nalishi koordinata sistemasidagi o’qlarning yo’nalishiga muvofiq keladi. Ko’ndalang, sagittal va tikka o’qlar farqlanadi. Ko’ndalang o’q atrofida bukish va yozish, sagittal o’q atrofida – olib kelish va olib qochish, tikka o’q atrofida – tashqariga va ichkariga burish harakatlari bajariladi. Bo’g’imdagi harakatchanlik avval suyaklarning bo’g’im hosil qilishida ishtirok etadigan uchlarining shakliga bog’liq. Uch o’qli bo’g’imlar. SHarsimon va yong’oqsimon shaklga ega bo’lgan bo’g’imlar eng harakatchan bo’g’imlar hisoblanadi. Masalan, yelka bo’g’imi oddiy, sharsimon shaklga ega, uch o’qli bo’g’im bo’lib, asosiy harakatlar uch o’q atrofida 28 bajariladi. Ko’ndalang o’q atrofida yelka oldinga va orqaga qarab harakatlanadi. Sagittal o’q atrofida yelka tanadan uzoqlashadi va tanaga yaqinlashadi. Tikka o’q atrofida yelka ichkariga va tashqariga buriladi. Bir vaqtda uch o’q atrofida harakat bajarilsa - tsirkumduktsiya yoki aylanma harakat deyiladi. Tos-son bo’g’imi murakkab, yong’oqsimon shaklga ega, uch o’qli, yozilgan holda g’altaqsimon bo’g’imlarga o’xshash harakatlanadi. Tos-son bo’g’imi – uchta suyakning, ya’ni son suyagi, katta boldir suyagi, va tizza qopqog’ining orasida hosil bo’ladi. Suyaklarni yuzalari bir-biriga to’liq mos kelmaganligi sababli, kongruentlik tolali tog’aydan tuzilgan medial va lateral meniskalar yordamida yetiladi. Tizza bo’g’imi harakatlarida meniskalar son suyagi ostida o’z shaklini va joylashuvini o’zgartiradi, itarilish kuchlarini yumshatishda, amortizatsiyani ta’minlaydi. Oyoq yozilganda va bukilganda harakatni bajarilishi son do’nglari va meniskalar ishtirokida, pronatsiya va supinatsiyada katta boldir suyagi va menisklar orasida vujudga keladi. Ikki o’qli bo’g’imlar. Bo’g’im ikki taraflama harakat qilsa, ya’ni bir-biri bilan kesishgan o’q atrofida aylansa, ikki o’qli bo’g’im deyiladi. Masalan, bilak suyagi bilan kaft usti suyaklari o’rtasidagi bo’g’im. 1.Tirsak bo’g’imi murakkab, vintsimon shaklga ega, ikki o’qli. Bo’g’imda ko’ndalang o’q atrofida bukilish va yozilish harakati, tikka o’q atrofida pronatsiya va supinatsiya harakati bajariladi. Bilak bilan panja o’rtasidagi bo’g’im, murakkab, ellipsimon shaklga ega, ikki o’qli. Ko’ndalang o’q atrofida bukish va yozish harakatlari, sagittal o’q atrofida qo’ll panjasini olib kelish va olib qochish harakatlari bajariladi. Panja tsirkumduktsiya harakatida ham ishtirok etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling