M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Akromial  -  o’mrov  bo’g’imi  o’mrov  suyagining  akromial  uchi  bilan  va 
kurakning  akromial  o’simtasi  bilan  birikishdan  vujudga  keladi.  Bu  bo’g’im 
oddiy,  yassi  shaklga  ega,  harakatlari  cheklangan.  Akromial-o’mrov  bo’g’imi 


 
36 
zich kapsula va uchta boylamlar bilan mustaxkamlangan. Boylamlardan alohida 
tumshuqsimon-akromial  boylamni  ko’rsatish  lozim.  Bu  boylam  kurak 
suyagining tumshuqsimon o’sig’i bilan o’mrov suyagi o’rtasida tortilgan bo’lib, 
yelka bo’g’imining gumbazini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Qo’l suyaklari erkin qismining birlashishi 
Yelka  bo’g’imi  -  yelka  suyagining  boshi  bilan  kurak  suyagining  bo’g’im 
maydonchasi  qo’shilishidan  hosil  bo’ladi.  Bu  bo’g’im  oddiy,  yumaloq  shaklga 
ega, ko’p o’qli. Bo’g’imda harakatlar 3 o’q atrofida bajarilishi mumkin: sagittal 
o’q  atrofida  olib  qochish  -  olib  kelish  harakatlari,  tikka  o’q  atrofida  ichkariga 
burilish - pronatsiya va tashqariga burilish – supinatsiya, ko’ndalang o’q atrofida 
bukish  -  yoyish  harakatlarni  ko’rsatish  mumkin.  Bir  vaqt  ichida  uchta  o’q 
atrofida  bajariladigan  aylana  harakat  –  tsirkumduktsiya  deyiladi.  Bo’g’im 
bo’shligidan  ikki  boshli  yelka  muskuli  uzun  boshining  payi  o’tadi.  Yelka 
bo’g’imi kapsula va bitta tumshuqsimon-yelka boylami bilan mustaxkamlangan. 
Tirsak bo’g’imi murakkab, yelka-bilak, yelka-tirsak va bilak-tirsak - bilak 
bo’g’imlarining  qo’shilishidan  hosil  bo’ladi.  Bu  uchchala  bo’g’im  atrofdan 
umumiy  kapsula  bilan  o’ralgan  va  umumiy  bo’g’im  bo’shligiga  ega.  Yelka  - 
tirsak  bo’g’imi  g’altak  shaklga,  yelka  -  bilak  bo’g’imi  shar  va  tirsak  -  bilak 
bo’g’imi  tsilindr  shaklga  ega.  Yelka-tirsak  bo’g’imi  –  yelka  suyagi  distal 
uchidagi g’altaqsimon  yuza  bilan, tirsak  suyagining  yarimoysimon  shaklga  ega 
bo’lgan  g’altaqsimon  o’ymasi  bilan  birlashadi.  Yelka-bilak  bo’g’imi  yelka 
suyagi  distal  uchidagi  sharsimon  boshchasi  bilan  bilak  suyagining  proksimal 
boshchasi bilan birikadi. 
Bilak-tirsak  bo’g’imi  bilak  suyagi  boshchasi  atrofidagi  aylanma  bo’g’im 
yuzasi bilan tirsak suyagidagi bilak o’ymasining birikishidan hosil bo’ladi. 
Tirsak  bo’g’imida  2-ta  o’q  atrofida  harakatlar  bajarilishi  mumkin.  Tikka 
o’q atrofida - supintsiya - pronatsiya harakati, ko’ndalang o’q atrofida bukish - 
yozish harakati bajariladi. Tirsak bo’g’imi quyidagi boylamlar: yonlama bilak va 
yonlama tirsak boylamlari bilan, bo’g’im bo’shligini ichida joylashgan bilakning 
aylanma  boylami  bilan  mustaxkamlangan.  Bilak  va  tirsak  suyaklarning  orasida 
pishiq biriktiruvchi to’qimali parda tortilgan bo’lib, suyaklarning hamkor burma 
harakatlarini bajarilishini ta’minlaydi. 
Bilak  -  kaft  ustki  bo’g’imi  murakkab,  ikki  o’qli,  ellips  shakliga  ega. 
Bo’g’im hosil bo’lish da bilak suyagini pastki uchidagi bo’g’im yuzasi kaft ustki 
suyaklarining yuqori qatori bilan birikishi natijasida hosil bo’ladi. Bo’g’im hosil 
bo’lishida  kaft  usti  suyaklardan  no’xatsimon  suyak  qatnashmaydi.  Tirsak 
suyagining  faqat  tog’ayli  diski  bo’g’im  yuzasining  bir  qismini  to’ldiradi. 
Bo’g’im  umumiy  kapsula  bilan  o’ralgan  bo’lib,  yonlama  bilak,  yonlama  tirsak 
va  yonlama  kaft  bilak  boylamlari  bilan  mustaxkamlangan.  Bo’g’imda  ikki  xil 
harakatlar bajarilishi mumkin: sagittal o’q atrofida – panjani olib kelish va olib 
qochish,  ko’ndalang  o’q  atrofida  –  panjani  bukish  va  yozish.  Qo’ll  panjasi 
aylanma harakatni ham bajara oladi. 
Kaft  oldi o’rta bo’g’imlari kaft ust qatordagi uchta  suyaklar, no’xatsimon 
suyakdan  tashqari,  ikkinchi  qatordagi  to’rta  kaft  usti  suyaklari  bilan  birikadi. 
Bo’g’im panjalariga kaftoldi-kaft, kaftlararo bo’g’imlar ham kiradi. Ko’rsatilgan 


 
37 
bo’g’imlarda,  katta  barmoqning  kaft  oldi-kaft  bo’g’imidan  tashqari,  harakatlar 
chegaralgan bo’ladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling