M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Muskullar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. 
2.  Muskullarning yordamchi apparati. 
3.  Jismoniy  yuklamalar  ta’sirida  muskul  tizimida  adaptatsion 
o’zgarishlar. 
4.  Statik va dinamik yuklamalar ta’sirida muskul tizimida morfologik 
o’zgarishlar. 
5.  Xususiy miologiya: Bosh va bo’yin muskullari.  
6.  Til  osti  suyagiga  birikuvchi  muskullari.  Til  osti  suyagidan  pastda 
joylashgan muqo’llar, ularning birikishi va funktsiyasi. 
7.  Qo`l va oyoq muskullari. 
 
 
Tayanch  iboralar:  skelet  muskullari,  silliq  muskullar,  yurak 
muskullari,  miotsitlar,  mezoderma,  segment,  miotomlar,  sklerotomlar, 
dermotomlar,  mitoxondriyalar,  oq  muskul  tolalari,  qizil  muskul  tolalari, 
paylar, fastsiyalar , boylamlar, gavda muskullari, orqaning yuza va chuqur 
muskullari.  
 
Muskullar organizm hayotida muhim rol tutadi. Katta odamlarda muskullar 
butun tanasi ogirligining 30 – 35% gi yaqinini tashkil qilsa, chaqaloqlarda – 20 – 
22%,  yoshi  katta  va  kari  odamlarda  25  –  25%  ni  tashkil  etadi.  Jismoniy 
mashg’ulot  bilan  muntazam  shug’ullanib  turuvchi  sportchilarda  skelet 


 
52 
muskullarining  ogirligi  gavda  ogirligining  kariyb  yarimini  45  –  50%  tashkil 
qilishi  mumkin.  Skelet  muskulaturasi  ko’ndalang-targil  muskul  to’qimasidan 
tuzilgan.  (“To’qimalar”  degan  mavzuida  ko’ndalang-targil  to’qimani  tuzilishi 
baen etilgan). 
Muskullarning  asosiy  vazifasi  -  mexanik  ish  bajarishdir.  Markaziy  nerv 
sistemasi yuboradigan ta’sirotlar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning 
natijasida skelet harakatga keladi. Ongli ravishda qisqaradigan muskullarni soni 
400  dan  ortiq.  Gavda  muskullari  ichki  a’zolarni,  ularni  tarkibiga  kiruvchi  qon 
tomirlar  va  nervlarni  tashqi  muhit  ta’sirotlaridan  himoyalaydi.  Muskullarni 
qisqarishi  natijasida  issiqlik  energiya  ajraladi,  demak  muskullar  tana  haroratini 
idora  etishda  ishtirok  etadi.  Mimik  muskullarining  qisqarishi  orqali  odamning 
ichki dun’osi, kayfiyati, emotsiyalari aks ettiriladi. 
Muskul to’qimasini takomili. 
Muskul  to’qimasi  mezodermadan  takomil  etadi.  Mezodermada  ya’ni  o’rta 
embrional varaqda somitlar yoki segmentlangan elementlar ajraladi. Eng muhim 
somitlardan miotomlar, sklerotomlar va dermotomlar hisoblanadi. Miotomlardan 
muskul  to’qimasi  rivojlanadi.  Miotomlar  hujayralari  dukka  o’xshab  gavda  uki 
bo’ylab  cho’ziladi,  bular  orasida  biriktiruvchi  to’qimali  to’siqlar  –  mioseptalar 
rivojlanadi.  Bu  hujayralar  mioblastlar  deb  ataladi.  Keyinchalik  bu  hujayralar 
differentsialashadi,  ayni  hujayralar  o’sib,  qo’shilib  simplastlar  hosil  qiladi. 
Bulardan  gavda  muskullari,  oyoq-qo’llar  muskullari  ya’ni  skelet  muskulaturasi 
rivojlanadi. Embrional taraqqiyotning 7-8 xaftasida asosiy muskullar shakllanib 
boradi.  Xomiladorlikni  ikkinchi  yarimida  va  tug’ilishdan  keyingi  davrda 
quyidagi  o’zgarishlar  ro’y  beradi:  muskul  tolalar  uzunasiga  qarab  cho’ziladi, 
ko’ndalang  kesmasi  kattalashadi.  Muskul  tarkibida  yadrolar  soni  kamayadi, 
ularning  shakli  o’zgaradi.  Yumaloq  va  ovalsimon  yadrolar  tayoqchasimon 
shaklga  aylanadi,  miofibrillar  soni  oshadi  va  diametri  qalinlashadi,  muskullar 
orsida joylashgan biriktiruvchi to’qimali pardalar rivojlanadi va natijada yaxshi 
ifodalangan  muskul  guruxlarni  ajratish  mumkin.  Ko’rsatilgan  o’zgarishlar  25 
yoshgacha  davom  etadi.  Odamning  umr  davomida  muskullning  ogirligi  3 
marotaba  oshadi,  skeletniki  27  marotaba,  terida  esa  19  marotaba.  Lekin,  turli 
muskullar  guruxlarning  rivojlanish  darajasi  har  xil.  Masalan,  odamda 
tug’ilishdan  keyingi  davrda  oyoqlardagi  muskullar  kuchli  rivojlanadi.  Bu 
oyoqlarning tayanch va harakat funktsiyalarni bajarishi bilan bog’liq. 
 
Katta odamda va chaqaloqda muskul massasini % da taqsimlanishi. 
Belgi 
Yangi 
tug’ilgan 
chaqaloqlar 
Katta odam 
 
 
Erkaklar 
ayollar 
Tana  vazniga  nisbatdan  muskullar 
vazni 
23 
42 
36 
Umumiy muskullar vazniga nisbatdan: 
A) kalla muskullari 
B) gavda va bo’yin muskullari 
 
4,6 
30,3 
 
1,4 
15,9 
 
1,4 
18,4 


 
53 
V) qo’llar muskullari 
G) oyoqlar muskullari 
27,1 
38,0 
28,4 
54,3 
25,4 
54,8 
 
Agar muskullning qisqarishi natijasida harakat kelib chiqsa, ya’ni tana yoki 
ba’zi  organlarning  fazodagi  urinlari  almashinsa,  unda  dinamik  ish.  Statik  ish 
bajarilganda qisqarib turgan  muskullar harakat qilmaydi,  masalan, yuk ko’tarib 
turganda. 
Odam  tanasining  muskullari  o’z  kuchi  bilan  barobar  bo’lmagan  turli 
ishlarni  bajarishi  mumkin.  Muskullning  kuchi  uning  tolalarininng  miqdoriga  - 
soniga  bog’liq,  muskul  qancha  yo’g’on  bo’lsa,  uning  kuchi  shunchalik  ko’p 
bo’ladi.  Muskullning  kuchi  uning  ko’ndalang  kesigining  yuzasiga  to’g’ri 
proportsional bo’ladi. 
Tana  muskularimizning  ishi  butun  organizmning  umumiy  holatiga  ta’sir 
qiladi,  u  qon  aylanishini  kuchaytiradi  va  hamma  organlarda  moddalar 
almashinishining kelib chiqishiga imqon beradi. 
Ishlab  turgan  muskullarda  murakkab  kimyoviy  reaktsiyalar  sodir  bo’lib 
turadi. Bu kimyoviy protsesslar issiqlik hosil qiladi: agar ishlab turgan muskulda 
moddalar almashinishining maxsuli sifatida anchagina miqdorda so’t va karbon 
kislotalar  to’plansa,  unda  muskul  charchaydi.  Dam  olish  vaqtida,  ya’ni 
muskullar  tinch  turganda  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo’lgan  zararli 
maxsulotlar  qon  orqali  undan  chiqib  ketadi  va  muskullning  ishlash  qobiliyati 
qaytadan tiklanadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling