Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Mustaqil yechish uchun masalalar


Nur d=30 mm qalinlikdagi shisha α=600 burchak ostida tushadi. Plastinkadan chiqqandan keyin nurning yon tomonga siljishi aniqlansin. 338


Download 476.35 Kb.
bet4/9
Sana09.12.2020
Hajmi476.35 Kb.
#162529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
сиртқи бўлим талабалари учун амалий машғулотлар

337. Nur d=30 mm qalinlikdagi shisha α=600 burchak ostida tushadi. Plastinkadan chiqqandan keyin nurning yon tomonga siljishi aniqlansin.

338. O’tkir uchli pona shaklidagi prizmaning sindirish burchagi 20. Agar prizma shishasining sindirish ko’rsatkichi n=1,6 bolsa, nurning prizma orqali o’tishdagi eng kam og’ish burchagi aniqlansin.

339. Narsa va uning bosh focus masofasi F=12 sm bo’lgan yig’uvchi linza hosil haqiqiy tasviri orasidagi mumkin bo’lgan eng kichik masofa l qanday bo’ladi.

340. Shishaning optik kuchi D=5dptr bo’lgan yassi qavariq linza tayyorlash talab qilinadi. Linzaning qavariq sirtining egrilik radiusi R aniqlansin.

341. Linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati k=2. Qavariq sirtining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida linzaning optik kuchi D=10 dptr bo’ladi.

342. Havoda yupqa linza D1=5dptr optik kuchga, muayyan suyuqlikka joylashtirilganda esa D2=-0,48 dptr optik kuchga ega. Agar linza yasalgan shishaning sindirish ko’rsatkichi n1=1,52 bo’lsa, suyuqlikning sindirisn ko’rsatkichi n2 aniqlansin.

343. Berilgan rasmlar asosida tasvir yasang. Tasvirlarning qaysisi haqiqiy va qaysisi mavhum ekanligini aniqlang?

344. Odam o’z oldiga a=12,5 sm masofada joylashtirilgan kitopni ko’zoynaksiz o’qimoqda. U optik kuchi qanday bo’lgan ko’zoynak taqishi kerak.

345. Mikroskop obyektivining focus masofasi f1= 1 sm, okulyarniki f2=2 sm. Obyektivdan okulyargacha bo’lgan masofa L=23 sm . Mikroskop qanday kattalashtirish beradi? Narsa obyektivdan qanday masofada turibdi?

346. Egrilik radiusi 40 sm bo’lgan botiq, sferik ko’zguda natural kattaligining yarmicha keladigan haqiqiy tasvir olinmoqchi. Buyumni qaerga qo’yish kerak va tasvir qayerda olinadi?

347. Buyumning botik sferik ko’zgudagi tasviri uning o’z kattaligidan ikki marta katta. Buyum bilan tasvir o’rtasidagi masofa 15 sm. Ko’zguning: 1) fokus masofasi va 2) optik kuchi aniqlansin.

348. Botiq sferik ko’zgu oldiga uning bosh optik o’qiga bu o’qqa tik holda yonib turgan sham o’rnatilgan. Sham bilan ko’zgu cho’qqisi orasidagi masofa 4/3 F ga tepg. Botiq ko’zgudagi shamnig tasviri fokus masofasi F1= 2F bo’lgan qavariq ko’zguga tushadi. Ko’zgular o’rtasidagi masofa 3F ga teng bo’lib, ularning o’qlari bir to’g’ri chiziqda yotadi. Birinchi ko’zgudagi shamning tasviri ikkinchi ko’zguga nisbatan mavhum buyum rolini o’ynab, ikkala ko’zgu o’rtasida joylashgan haqiqiy tasvirni beradi. Shu tasvir chizilsin va sistemaning umumiy chizikli kattalashtirilishi hisoblab chiqarilsin.

349. Egrilik radiusi 16 m ga teng sferik reflektorda olinadigan Quyoshning tasviri qayerda va qanday kattalikda bo’ladi?

350. Agar sferik ko’zguga keng yorug’lik dastasi (dasta eni α burchagi bilan belgilanadi) tushayotgan bo’lsa, optik o’qqa parallel keluvchi va kuzguning chetiga tushuvchi nur ko’zgudan qaytganidan keyin optik o’qni fokusda emas balki fokusdan muayyan AF masofada kesib o’tadi. AF masofa bo’ylama sferik aberrasiya ataladi. FH masofa ko’ndalang sferik aberrasiya deyiladi. Bo’ylama va ko’ndalang aberrasiya kattaliklarini α kattaligi bilan va sferik ko’zguning radiusi bilan bog’lovchi formula keltirib chiqarilsin.

351. Teshigining diametri 40 sm bo’lgan botiq sferik ko’zguning egrilik radiusi 60 sm. Bosh o’qqa parallel bo’lgan chetki nurlariing bo’ylama va kundalang sferik aberrasiyalari topilsin.

352. Fokus masofasi 20 sm botiq sferik ko’zgu berilgan. Bo’ylama sferik aberrasiya fokus masofaning ko’pi bilan 2% ini tashkil etishi uchun buyum optik o’qdan danday h eng uzoq masofada turishi kerak?

353.Yorug’lik nuri yassi-parallel shisha plastinkaga 30° burchak bilan tushib, undan dastlabki nurga parallel holda chiqadi. Shishaning sindirish kursatkichi 1,5. Agar nurlar o’rtasidagi masofa 1,94 sm bo’lsa, plastinkaning d qalinligi qancha?

354. Yassi-parallel sirtli qalinligi 1 sm shisha plastinkaga (shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,73) 60° burchak bilan nur tushib, uning bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi esa sinib, shisha orasiga o’tadi; bu qism plastinkaning ostki sirtidan qaytadi va ikkinchi marta sinib, yana havoga birilchi qaytgan nurga parallel holda chiqadi. Nurlar o’rtasidagi masofa topilsin.

355.Yoruglik nuri sindirish ko’rsatkichi n bo’lgan jismga i burchak bilan tushadi. qaytgan nur singan nurga perpendikulyar bo’lishi uchun i va n o’zaro qanday bog’lanishi kerak?

356. Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,52. 1) Shisha-havo, 2) suv - havo, 3) shisha - suv bulinish sirtlari uchun to’liq ichki qaytishning limit burchaklari topilsin.

357. Suvga sho’ng’igan kishi botib borayotgan quyoshni qaysi yo’nalishda ko’radi?

358.Yoruglik nurlari skipidardan havoga chiqmoqda.Bu nur uchun to’la ichki qaytishning limit burchagi 420 23/ .Skipidardagi yorug’likning tarqalish tezligi qancha?

359. Suv to’ldirilgan stakan ustiga qalin shisha plastinka qo’yiilgan. Suv bilan shishaning bo’linish sirtidan to’la ichki qaytish ro’y berishi uchun yoruglik nuri plastinkaga qanday burchak bilan tushishi kerak? Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,5.

360. 10 sm balandlikka qadar suv bilan to’ldirilgan idishning tubiga nuqtaviy yorug’lik manbai joylashtirilgan. Suv ustida tiniq bo’lmagan doiraviy plastinka markazi yorug’lik manbai ustida turadigan holda suzib yuribdi. Bironta ham nur suv sirtidan chiqmasligi uchun mazkur plastinka qandai eng kichik radiusga ega bo’lishi kerak?

361. Ba`zi bir shisha navlarining qizil va binafsha nurlar uchun sindirish ko’rsatkichi 1,51 va 1,53 ga teng. Bu nurlar shisha-havo chegarasiga tushganida to’la ichki qaitish limit burchaklari topilsin.

362. Agar oldingi masaladagi shisha olinib, shisha-havo bo’linish sirtiga 41° burchak bilan oq nur tushirilsa, nima ro’y beradi?

363. Monoxromatik nur sindirish burchagi 40° bo’lgan prizmaning yon sirtiga normal tushmoqda. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,5. Prizmadan chiqayotgan nurning dastlabki yo’nalishdan og’ishi topilsin.

364. Monoxromatik nur prizmaning yon sirtiga normal tushadi va undan 25° ga og’ib chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,7. Prizmaning sindirish burchagi topilsin.

365. Teng yonli prizmaning sindirish burchagi 10°,Mopoxromatik yorug’lik nuri prizma yon sirtiga 10° burchak ostida tushadi. Agar prizma materialining sindirish kursatkichi 1,6 bo’lsa, nurning dastlabki yo’nalishidan og’ish burchagi topilsin.

366. Ba`zi bir monoxromatik nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,6 ga teng. Nur prizmadan chiqayotganida to’la ichki qaytish ro’y bermasligi uchun bu nurning prizmaga eng katta tushish burchagiday bo’lishi kerak? Prizmaning sindirish burchagi 45° ga teng.

367.Yorug’lik dastasi teng yonli prizmaning yon sirti bo’ylab sirpanadi. Prizmaning chegara sindirish burchagi qancha bo’lganida singan nurlar ikkinchi yon sirtda to’la ichki qaytadi? Mazkur nurlar uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,6.

368. Monoxromatik yorug’lik nuri to’g’ri burchakli teng yonli prizmaga uning yon sirtidan kirmoqda. Hyp prizmaga kirgach, gipotenuza chetidan to’la ichki kaytib, ikkinchi katet orqali chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,5 bo’lsa, yana to’la ichki qaytish ro’y berishi uchun nurning prizmaga tushadigan eng kichik burchagi qanday bo’lishi kerak?

369. Monoxromatik nur teng yonli prizmaning yon sirtiga tushib, prizmada singanidan keyin uning asosiga parallel ketadi. U prizmadan chiqishida, o’zining dastlabki yo’nalishidan δ burchakka og’adi. Bu holda prizmaning sindirish burchagi γ, nurning og’ishi δ hamda bu nur uchun sindirish ko’rsatkichi n o’rtasidagi bog’lanish topilsin.

370. Oq yorug’lik nuri teng yonli prizmaning yon sirtiga shunday burchak bilan tushadiki, qizil nur undan ikkinchi yon sirtiga perpendikulyar ravishda chiqadi. Agar prizmaning sindirish burchagi 45° bo’lsa, qizil va binafsha nurlarning dastlabki yo’nalishdan og’ishi topilsin. Qizil va binafsha nurlar uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi mos holda 1,37 va 1,42.

371. Natriyning sariq chizig’I uchun (λ = 5,89·10-7m) kvars linzaning bosh focus masofasi 16 sm bo’lsa, simob spektri ultrabinafsha chizig’i uchun (λ = 2,59·10-7m) kvars linzaning bosh fokus masofasi topilsin. Ko’rsatilgan to’lqin uzunliklari uchun kvarsning sindirish kursatkichi mos holda 1,504 va 1,458.

372. Bir shishannng sindirish kursatkichi 1,5, ikkinchisiniki 1,7. Ikkala shishadan shakli bir xilda bo’lgan ikkita bir xil ikki yoqlama qavarik linza yasalgan. 1) Bu linzalar fokus masofalarining nisbati topilsin.2) Agar linzalar sindirish ko’rsatkichi 1,6 bo’lgan tiniq suyuqlikka botirilsa, ularning har biri optik o’qqa parallel bo’lgan nurlarga qanday ta`sir ko’rsatadi?

373. Ikki yoqlama qavariq, linza yuzlarining egrilik radiuslari R1=R2=50sm. Linza materialining sindirish ko’rsatkichi n=1,5. Linzaning optik kuchini toping.

374. Optik kuchi 10 dioptriy bo’lgan ikki yoqlama qavariq linzadan 15 sm masofada, optik o’qqa perpendikulyar qilib balandligi 2sm keladigan buyum qo’yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi chizilsin.

375. Egrilik radiuslari bir xil va sindirish kursatkichi n= 1,5 bo’lgan ikki yoqlama kavariq linzaning bosh fokuslari egrilik markazlarida yotishi isbot qilinsin. 41. Fokus masofasi 16 sm bo’lgan linza buyumning oralari 60 sm bo’lgan ikki vaziyatida aniq tasvir beradi. Buyumdan ekrangacha bo’lgan masofa topilsin.

376. Sferik sirtlar bilan chegaralangan egrilik radiuslari 12 sm dan bo’lgan ikki yoqlama kavariq linza buyum bilan ekran o’rtasida shunday masofaga qo’yilganki,, ekrandagi tasvir buyumdan k marta katta chiqqan. Agar 1) k=1, 2) k -20 va 3) k-0,2 bo’lsa, buyumdan ekrangacha bo’lgan masofa aniqlansin. Linza materialining sindirish ko’rsatkichi 1,5.

377. Bundan oldingi masaladagi linza suvga botrilgan. Uning fokus masofasi topilsin.

378. Oldingi masala linza uglerod sulfidga botirilgan hol uchun yechilsin.

379. Linzaning havodagi fokus masofasi 20 sm bo’lsa, linza suvga botirilgandagi fokus masofasini toping. Linza yasalgan shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,6. 46. Egrilik radiusi 30sm va sindirish kursatkichi 1,5 bo’lgan yassi-qavariq linza buyum tasvirini ikki barobar kattalashtiradi. Buyum va tasvirdan linzagacha bo’lgan masofa topilsin. Chizmasi chizilsin.

380. Egrilik radiuslari birday, |R1|=|R2|=8 sm bo’lgan flintglasdan qilingan ikki yoqlama qavariq linzaning bo’ylama xromatik aberratsiyasi topilsin. Flintglasning qizil nur (λ1=7,6·105sm) uchun sindirish ko’rsatkichi 1,5 va binafsha nur (λ2=4,3·10-5sm) uchun sindirish ko’rsatkichi 1,8.

381. Oldingi masaladagi linzaning optik o’qida, linzadan 40 sm masofada nur chiqadigan nuqta bor. Agar bu nuqtadan tulqin uzunligi 1) λ1=7,6·10-5 sm va 2) λ1=4,3·10-5 sm bo’lgan monoxromatik yorug’lik chiqayotgan bo’lsa, mazkur nuqtaning _tasvir vaziyati topilsin.

382. Ikki yoqlama qavariq linzaning fokal tekisligida yassi ko’zgu joylashtirilgan. Buyum linza oldida, fokus bilan ikkilangan fokus masofa o’rtasida turadi.Buyum tasviri chizilsin.

383. Fokus masofasi 2 sm ga teng lupaning; 1) eng aniq, ko’rish uzoqligi 25 sm bo’lgan normal ko’z uchun va 2) eng aniq, ko’rish uzoqligi 15 sm bo’lgan yaqinni ko’rar ko’z uchun kattalashtirishi topilsin.

384. Lupa normal ko’z uchun k=10 marta kattalashtirishi uchun lupani chegaralovchi sirtlarning egrilik radiuslari (|R1|=|R2|) qanchaga teng bo’lishi kerak? Lupa yasalgan shishaning sindirish ko’rsatkichi n= 1,5.

385. Fokus masofasi 50 sm bo’lgan uzoqni ko’rish trubasi cheksizlikni ko’radigan qilib qo’yilgan. Truba okulyari birmuncha surilgandan keyin ob`ektivdan 50 m uzoqlashtirilgan buyumlar ravshan ko’rina boshlagan. To’g’rilash paytida okulyar qancha masofaga surilgan?

386. Mikroskop ob`ektivining fokus masofasi 2 mm, okulyariniyg fokus masofasi esa 40 mm. Ob`ektiv fokusi bilan okulyar fokusi o’rtasidagi masofa 18 sm. Mikroskopning kattalashtirishi topilsin.

387. Yuzi 2X2 m bulgan su'rat undan 4,5 m uzoqlikka qo’yilgan fotoapparat bilan suratga olinmoqda. Tasvir 5X5 sm o’lchamda hosil bo’lgan, apparat ob`ektivining fokus masofasi qancha bo’lgan? Suratdan ob`ektivgacha bo’lgan masofani ob`ektivning fokus masofasiga nisbatan katta deb hisoblansin.

388. Teleskop fokus masofasi 150 sm bo’lgan ob`ektiv va fokus masofasi 10 sm bo’lgan okulyarga ega. Agar to’lin Oy qurollanmagan ko’zga 31/ burchak bilan ko’rinsa, mazkur teleskopdan qanday ko’rish burchagi bilan ko’rinadi?

389. Diametri D=9 sm va fokus masofasi F=50 sm bo’lgan ikki yoqlama qavariq, linza yordami bilan Quyoshning tasviri ekranga tushiriladi. 1) Agar Quyoshning burchak diametri 32' bo’lsa, uning tasviri qanday kattalikda olinadi? 2) Quyosh tasviri hosil qiladigan yoritilish bevosita Quyoshning o’zi beradigan yoritilishdan necha baravar ko’p bo’ladi?

390. 200 shamli elektr lampochkasining yorug’ligi ish joyiga 45° burchak bilan tushib, 141 lk yoritadi. 1) Lampochka ish joyidan qancha masofada turganligi va 2) lampochka ish joyidan qancha balandlikda osilib turganligi topilsin.

391. Shipga osib qo’yilgan lampochka gorizontal yo’nalishda 60 sham yorug’lik kuchi beradi. Agar lampochkadan 2 m masofada devorda katta ko’zgu turgan bo’lsa, qarama-qarshi tomondagi va lampochkadan 2 m masofada devorga vertikal osib qo’yilgan yuzi 0,5 m2 bo’lgan suratga qanday yorug’lik oqimi tushadi?

392. Katta chizma dastlab butunligicha, so’ngra uning ayrim detallari natural kattalikda suratga olingan. Detallarni suratga olishda ekspozitsiya vaqtini necha barobar orttirish kerak?

393. 21 mart bahorgi teng kunlikda Quyosh shimoliy yer sharida tushda gorizontga nisbatan 10° burchak bilan turadi. Vertikal qo’yilgan maydonchaning yoritilganligi gorizontal maydonchaning yoritilganligidan necha baravar katta bo’ladi?

394. Bahorgi va kuzgi teng kunlikda tushda Quyosh ekvatorda zenitda turadi. Bu vaqt ekvatorda Er sirtining yoritilganligi Sankpetirburgdagi Er sirtining yoritilganligidan necha marta ko’p bo’ladi? Sank-Petirburgning kengligi 60°.

395. Yuzi 25 m2 keladigan kvadrat xonaning markazida lampochka osilgan. Lampochkani nuqtaviy yorug’lik manbai deb hisoblab, xona burchaklaridagi yoritilganlik eng ko’p bo’lishi uchun lampochka poldan qancha balandlikda turishi kerak?

396. Diametri 2 m keladigan dumaloq, stol markazi ustida yorug’lik kuchi 100 shamga teng lampochka osilgan.Lampochkani nuqdaviy yorug’lik manbai deb, uni sekin-asta kutarayotganda stol chetlari yoritilganligining o’zgarishi hisoblab chiqilsin. Yoritilganlikni 10 sm oraliqda 0,5<< h < 0,9 m interval uchun hisoblang. E = f(h) grafigini chizing.

397.Diametri 1,2 m bo’lgan dumaloq, stolning markaziga, uning sirtidan 40 sm balandlikda bir lampochkali stol lampasi qo’yilgan. Stol markazining ustida, uning sirtidan 2 m balandlikda to’rtta shunday lampochkalardan iborat lyustra osilgan. Qaisi holda stol qirralarining yoritilganligi ortadi (va necha baravar): stol lampasi yongandami yoki lyustra yongandami?

398. Yung tajribasidagi ikki tirqish orasidagi masofa 1 mm. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m. Ikki maksimum yorug‘ yo‘lkalar orasida masofa 1.5mm. Monoxromatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.

399. Frenel ko‘zgulari yordamida hosil qilingan yorug‘lik manbaining mavhum tasvirlari orasidagi masofa 0.5 mm. Ulardan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m. To‘lqin uzunligi 0.6 mkm. Ekranda hosil bo‘lgan ikki interferension maksimumlar orasidagi masofa topilsin.

400. Sovun pardasiga (n-1.3) yorug‘likni oq nur dastasi normal ravishda tushmoqda. Agar qaytgan nurda parda yashil ko‘rinsa (=0.55 mkm), pardaning eng kichik qalinligi qanday bo‘lishi kerak?

401. =0.6 mkm to‘lqin uzunlikdagi parallel nurlar dastasi =30o burchak ostida sovun pardasiga tushmoqda (n=13). Pardaning qanday eng kichik qalinligida interferensiyasi tufayli qaytgan nurlar maksimal susaygan bo‘ladi?

402. Yassi qavariq linza, qavariq tomoni bilan tekis shisha ustida joylashgan. qaytgan nur (=0,6 mkm) hosil qilgan birinchi tartibli yorug‘lik interferension halqa ko‘ringan joyda havo qatlamining qalinligi topilsin.

403. Yung tajribasida tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masofa 1.5 m ga teng. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0.6 mkm. Agar uzunligi 1 sm kesmada 8 ta qora yo‘llar joylashsa, tirqishlar orasidagi masofa topilsin.

404. Yung tajribasidagi ikki tirqish orasidagi masofa 0.5 mm, to‘lqin uzunligi 550 mkm. Agar ikki qo‘shni minimumlar orasidagi masofa 1 mm bo‘lsa, tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masofa topilsin.

405. Shisha plastinka ustiga yassi-qavariq linza qavariq tomoni bilan qo‘yilgan. Linza yuqori tomondan =600 nm to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilmoqda. Agar qaytgan nurdagi 6-qora Nyuton halqasining radiusi r=2.4 mm bo‘lsa, linzaning egrilik radiusi topilsin.

406. Nyuton halqalarini kuzatish uchun radiusi R=160 sm bo‘lgan yassi qavariq linza ishlatildi. Qaytgan nurlarda kuzatilgan 4 va 9 qora halqalarning radiuslari topilsin. Tushayotgan nur to‘lqin uzunligi =625 nm.

407. Yassi qavariq linza radiusi R=4 m. Agar qaytgan nurda kuzatiladigan 5 yorug‘ halqaning radiusi r5=3.6 mm bo‘lsa, tushayotgan nur to‘lqin uzunligi  topilsin.

408. Agar Yung tajribasida yashil rangdagi (1=500 nm) yorug‘lik filtrini  qizil (2=650 nm) rangdagi yorug‘lik filtri bilan almashtirilsa, ekrandagi qo‘shni interferension yo‘llar orasidagi masofa qancha marotaba o‘zgaradi.

409. Yung tajribasida tirqishlar =600 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilgan. Tirqishlar orasidagi masofa d=1 mm va tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masofa L=3 m. Birinchi 3 ta yorug‘ halqalarning o‘rni topilsin.

410. Frenel ko‘zgulari yordamida tajribada, d=0.5 mm mavhum yorug‘lik manbalari orasidagi masofa L=5 m. Yashil yorug‘likda interferensiya yo‘llari orasidagi masofa x=5 mm. Yashil nur to‘lqin uzunligi topilsin.

411. Oq nur sovun pardasiga (n=1.33) i=45o burchak ostida tushadi. Sovun pardasining qanday eng kichik qalinligida u qaytgan yorug‘likda sariq (600 nm) rangda bo‘ladi?

412. Nyuton halqalarini kuzatish qurilmasiga normal tushayotgan monoxromatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0.6 mkm. qaytgan yorug‘likda kuzatilayotgan to‘rtinchi qorong‘i halqa o‘rnida linza va shisha plastinka orasidagi havo qatlamining qalinligi topilsin.

413. Lloyd taklif qilgan sxemada tirqishidan o‘tgan nur ekranda qo‘zg‘almas qaytgan nur bilan interferensiyalashadi. Tirqishdan ko‘zgu sirtigacha masofa L=1 m, yorug‘lik to‘lqin uzunligi 500 nm. Interferension yo‘l kengligi x topilsin.

414. Qalinligi d=367 nm bo‘lgan pardaga parallel oq yorug‘lik dastasi i burchak ostida tushmoqda. Pardaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.4. Nurning tushish burchagi a) 30o va b) 60o ga teng bo‘lsa, pardadan qaytgan yorug‘lik qanday rangda bo‘ladi?

415. Tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi bir yarim marta kattalashsa, m-Nyuton halqasining radiusi necha marta kattalashadi?

416. Yung tajribasida tirqishlar orasidagi masofa d=1.5 mm, tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa L=2 m. Tirqishga 637 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik tushmoqda. Ekranda hosil bo‘lgan interferensiya yo‘llari orasidagi masofa aniqlansin.

417. Ikki kogerent optik yorug‘lik manbalari orasidagi masofa d=0.5 mm. Manbalardan tarqalayotgan monoxramatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0.5 mkm. Manbalari l=30 sm masofa ekran joylashgan. Ikki qo‘shni interferension maksimumlar orasidagi masofa topilsin.



418. Agar interferensiya manzarasi N=100 yo‘lga burilgan bo‘lsa, Maykolson interferometrida ko‘zguning siljishi topilsin. Yorug‘lik to‘lqin uzunligi 546 nm.

419. Qaytgan yorug‘likda kuzatilayotgan birinchi va ikkinchi qora Nyuton halqalari orasidagi masofa r1= 9 mm va r2=10mm halqalar orasidagi masofa topilsin.

420. Yupqa shisha pona sirtiga normal yo‘nalishida (600 nm) monoxramatik yorug‘lik tushmoqda.Qaytgan yorug‘likdagi qo‘shni interferensiya minimumlari orasidagi masofa d=4 mm bo‘lsa, pona sirtlari orasidagi burchak topilsin. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5.

421. Nyuton halqalari to‘lqin uzunligi 589 nm bo‘lgan yorug‘likda hosil bo‘lgan. qaytgan yorug‘likda kuzatiladigan birinchi va ikkinchi yorug‘ halqalar orasidagi masofa =0.5 mm bo‘lsa, yassi qavariq linzaning egrilik radiusi topilsin.

422. Shisha pona sirtiga normal yo‘nalishda 582 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik dastasi tushmoqda. Pona burchagi 20 . Ponaning 1 sm uzunligida qancha qora interferension halqalar joylashgan? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5.

423. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma monoxramatik yorug‘lik bilan yoritilgan. qaytgan yorug‘likda hosil qilingan qo‘shni qora halqalar radiuslari 4 mm va 4.33 mm. Linzaning egrilik radiusi 6.4 m. halqalarni tartib nomeri va yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin.

424. Nyuton 5 va 25 yorug‘lik halqalarining orasidagi masofa 9 mm. Linzaning egrilik radiusi 15 mm. Qurilmaga normal holda tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin. Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilmoqda.

425. Sindirish ko‘rsatkichi n=1.33 bo‘lgan sovun pardasidan qaytish natijasida hosil bo‘lgan interferension halqa yorug‘ yoki qorong‘u bo‘lishini aniqlang. Parda havoda joylashgan va qalinligi d=0.2 ga teng.

426. To‘lqin uzunligi 6∙10-7 m bo‘lgan i=30o burchak ostida sovun pardasi tushadi. Qaytgan yorug‘likda pardada interferension yo‘llar kuzatiladi. qo‘shni yo‘llar orasidagi masofa x=4 mm. Sovun pardasining sindirish ko‘rsatkichi n=1.33. Sovun pardasi sirtlari orasidagi burchak topilsin.

427. Yupqa ponasimon plastinkada yorug‘lik normal tushish natijasida qaytgan yorug‘lik interferension yo‘llar hosil bo‘ladi. Qo‘shni qorong‘u yo‘llar orasidagi masofa x=5 mm. Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5. Plastinka qirralari orasidagi burchak topilsin.

428. Nyuton 3-yorug‘ halqasini radiusi R3=1.1 mm bo‘lsa, halqalarni kuzatish uchun ishlatilayotgan yassi-qavariq linzaning F fokus masofasi topilsin. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.6, yorug‘lik to‘lqin uzunligi 589 nm. halqalar qaytgan yorug‘likda kuzatiladi.

429. To‘lqin uzunligi 450 nm qaytgan ko‘k rangdagi yorug‘lik yassi-qavariq linzaga tushish natijasida Nyuton halqalari kuzatiladi. Uchinchi yorug‘ halqa radiusi R3=1.6 mm. Ko‘k rang yorug‘lik filtrini qizil randagi filtr bilan almashtirilganda, 5 yorug‘ halqa radiusi R5=1.77 mm ga teng bo‘lgan. Linzaning egrilik radiusi va qizil nurning to‘lqin uzunligi topilsin.

430. Ekrandagi A nuqtaga monoxramatik yorug‘lik manbai S dan (=0.5 mkm) ikki nur tushmoqda. 1-nur to‘g‘ridan to‘g‘ri manbadan tushmoqda, 2-nur esa ko‘zguning B nuqtasidan qaytib A ga tushadi (rasm). Manbadan ko‘zgugacha bo‘lgan masofa h=2 mm va manbadan ekrangacha bo‘lgan masofa l=1 m. A nuqtada yorug‘likni kuchaytirish yoki susayishi yuz beradimi?



Download 476.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling