"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


"Xalqaro aloqalar" bo‘limi


Download 50.15 Kb.
bet11/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

"Xalqaro aloqalar" bo‘limi Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofik tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Hayʼatining qarorlariga, "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Ilmiy kengashining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • mahalla va oila institutini mustahkamlash yo‘nalishida respublikadagi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

  • mahalla va oila institutini mustahkamlash hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xorijiy tajribani o‘rganish va undan foydalanishni tashkil etish;

mamlakatda mahalla va oilani mustahkamlash sohasida erishilayotgan yutuqlar, to‘plangan tajriba hamda Institut faoliyati, jumladan olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish. "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi" bo‘limi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga joriy etish, xususan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlari tashkil qilishdan iboratdir. Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 2. Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini ilmiy o‘rganish, "Obod va xavfsiz mahalla" tizimini o‘rnatishda oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajrashishlar va erta nikohlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini ilmiy o‘rganish; 3. Er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oila va nikohni saqlab qolishdagi o‘zaro masʼuliyatni taʼminlash, notinch va muammoli oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, ziddiyatli va nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalarini ilmiy tadqiq etish; 4. Umuminsoniy va milliy-maʼnaviy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida mahallalarda va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash yuzasidan fundamental tadqiqotlari olib borish, “Zamonaviy namunali oila” andozasini yaratish; 5. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning psixologik asoslarini, oilaning psixologik moʻtadilligi muammolarini, xususan suitsid holatlarini yuzaga kelishining sabablarini ilmiy-nazariy tadqiq etish; 6. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy xududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar, forumlar, festivallar, jumladan vebinar va internet makonlaridagi ilmiy muloqotlarni tashkil etish, innovatsion loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, AKT asosidagi taʼlim taʼminotini yaratish, oliy malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, shuningdek ilmiy xodimlar ilmiy va kasbiy kompetensiyalarini muntazam oshirib borish, ularning raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlarini taʼminlash, malaka oshirish faoliyatini tashkil qilish. “Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita institut direktoriga bo‘ysunadi. Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda mahalla faoliyati va oila institutining barqarorligi va ahamiyatini taʼminlash bo‘yicha strategik tahlil va prognozlarni amalga oshirish hamda tahliliy hujjatlar tayyorlashdan iborat. Bo‘lim maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan: - Institut bo‘limlarining yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mahalla va oila institutlarining dolzarb muammolariga doir tadqiqotlar o‘tkazish hamda kelgusida strategik vazifalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; - mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlash; - mahalla va oiladagi muammolarni yechimi bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; - mahalla va oila institutlarini kompleks tahlil qilgan holda ularni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan strategik konsepsiya ishlab chiqish; - Institutda amalga oshirish kerak bo‘lgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarning yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish; - oila institutida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish va kutilayotgan prognozlarni ishlab chiqish, oilada demografik rivojlanish, oila farovonligining o‘sish darajasini tadqiq etish, konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlashdan iborat. "Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla ziyosi" respublika o‘quv-uslubiy markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy ishlar bo‘limi tarkibida tashkil etilgan.

Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling