Mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli. Reja: Buyurtmali usulning mохiyati va ahamiyati


Download 28.15 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi28.15 Kb.
#1264416
1   2   3
Bog'liq
5-Mavzu. Mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli

Masalan:
Tegirmon (juvozxona)da donni qayta ishlash.
Donni qayta ishlashda, un, yorma, maydalangan don tannarx hisoblash obektlari bo‘lib hisoblanadi. Tegirmonda tortilgan I t un, yorma yoki maydalangan donning tannarxi muay’an mahsulot turini tayyorlash uchun tegirmon yoki juvozxonada qilingan xarajatlar umumiy summasidan (qayta ishlangan don qiymatini ham qo‘shgan holda) foydalansa bo‘ladigan chiqindilar qiymati (xarid bahosi yoki foydalanish bahosida baholanib) chegirib tashlanib qolgan summani qayta ishlashdan olingan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar tegirmonda xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan g‘alla bilan birga chet buyurtmachilar va aholi g‘allasi tortilsa, xarajatning umumiy summasidan tortishga qabul qilingan o‘z donining qiymati chegirib tashlanadi va g‘allani tortishga qilingan xarajat aniqlanib olinadi. So‘ngra bu xarajatlar summasi tortilgan g‘alla (o‘ziniki va buyurtmachilarniki) miqdoriga bo‘linib, 1 sentner tortilgan g‘alla tannarxi aniqlanadi. Xo‘jalikka tegishli tortilgan un, yorma va boshqa mahsulotlar tannarxini aniqlash uchun 1 s g‘allaning tortish tannarxi jamim tortilgan g‘alla miqdoriga ko‘paytirilib, hosil bo‘lgan summaga g‘allaning qiymati qo‘shiladi va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa olingan un yoki yorma miqdoriga bo‘linadi.
Buyurtmali kalkulyatsiya usulida uning tannarxiga kiritiladigan alohida turdagi xarajatlar quyidagicha topiladi.

  • bevosita material xarajatlari – buyurtmaga sarflangan materiallar bo‘yicha ular sonini bir birlikmaterialning sotib olish bahosiga (tannarxiga) ko‘paytirish orqali;

  • bevosita mehnat harajatlari-buyurtmaga bevosita bajaruvchi tomonidan qilingan vaqt sarfini - bir birlik vaqt uchun belgilangan stavkaga(tarifga) ko‘paytirish orqali;

  • bivosita ishlab chiqarish ustama xarajatlari – korxona yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning jami ishlab chiqarish ustama xarajatlarini buyurtmalar o‘rtasida taqsimlash uchun asos qilib olingan omil (baza)ni taqsimotga ko‘paytirish orqali.

Buyurtmaning jami tannarxi yuqorida keltirilgan uhta turdagi xarajatlar yig‘indisidan tashkil topadi. Buyurtmaga kiritilgan bir birlik mahsulotning o‘rtacha tannarxi buyurtmaning jami tannarxini buyurtmaga kiritilgan mahsulotlar soniga bo‘lish orqali topiladi.
Misol. Aytaylik, xo‘jalikga hisobot yilining mart oyida “A” mahsulotdan 100 doda va “B” mahsulotdan 200 dona tayyorlash bo‘yicha buyurtma tushgan. Kelishuvga ko‘ra sotish bahosi “A” mahsulotning har bir donasi uchun 80 000 sum, “B” mahsulotning har bir donasi uchun esa 65 000 sum. Mart oyining oxiriga buyurtmalar to‘liq bajarilgan va buyurtmachi tomonidan to‘lig‘icha qabul qilingan.
Ushbu buyurtmalarga ochilgan buyurtma kartalari bo‘yicha quyidagi sarflar amalga oshirilgan.
Yuqoridagi shartli ma’lumotlar asosida “A” mahsulot va “B” mahsulot bo‘yicha buyurtmali kalkulyatsiya kartochkalari quyidagicha tuziladi.
A” mahsulot bo‘yicha buyurtmali kalkulyatsiya kartochkasi




Download 28.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling