Maktab o‘quvchilari uchun universal qo‘llanma yaratish g‘oya haqida


Download 0.88 Mb.
bet3/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1264017
1   2   3   4
Bog'liq
fAJ9NLMVvyzeFQEz

Amalga oshirilgan ishlar

Hozirgi kunda turli xususiy nashriyotlar yoki ayrim o‘quv markazlari tomonidan faqat bitta fan doirasida ma’lumotnomalar hamda kataloglar (spravocniklar) nashr qilingan. Masalan, o‘zbek tili, tarix, mametika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya fanlaridan. Lekin ular asosan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat ta’lim standartlari asosida mavzular ketma-ketlikda sistemalash-tirilmagan. Ko‘pchiligida xato va kamchiliklar uchraydi. Sanitariya-gigiyena normalariga javob bermaydi, harflar o‘lchami (shrift) kichkina, qog‘ozlari ikkilamchi, turli jozibador ranglar ishlatilmagan.

Xalqaro tajriba

Rossiya Federatsiyasi ta’lim tizimida “Maktab o‘quvchisining universal ma’lumotnomasi: barcha fanlar 5-11-sinflar” (Универсальный справочник школьника: все предметы: 5-11 классы (+CD).

Курганов, Гырдымова, Слабун.

https://www.labirint.ru/books/334960/), “O‘quvchining to‘liq ma’lumotnomasi” (Полный справочник школьника. 5–11 классы) kabi qo‘llanmalar mavjud.

Maktab fanlaridan rus tili, tarix, ingliz tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya va geografiyadan ma’lumotlar kiritilgan. Maktab dasturlari asosida tuzilgan. O‘quvchilar uy vazifalarini tayyorlashda, mustaqil ishlarni bajarishda, yagona davlat imtihoni (ЕГЭ)ga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanadilar.

Ushbu qo‘llanmalar ularda muvaffaqiyatli foydalanilib kelinmoqda, 2004-yildan buyon qayta-qayta nashr qilinadi.

Kutilayotgan natijalar

Yaratiladigan maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan universal qo‘llanma eng avvalo olingan bilimlarni doimiy takrorlab turishga imkon beradi. O‘quvchining mustaqil uy vazifalarini tayyorlashga, misol va masalalar, murakkab topshiriqlarni mustaqil ishlay olish ko‘nikmasini shakllantiradi. Fanlararo tuzilgan topshiriqlarni bajara oladi va bir-biriga bog‘lay oladi.

Oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga mustaqil tayyorlanish imkonini beradi. Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan repetitsion va diagnostik testlarini yechishda yordam beradi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling