Maktab o‘quvchilari uchun universal qo‘llanma yaratish g‘oya haqida
Download 0.88 Mb.
|
fAJ9NLMVvyzeFQEz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechiladigan masalalar va muammolar
MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN UNIVERSAL QO‘LLANMA YARATISHG‘oya haqidaHozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 17 ta fan o‘tilmoqda. O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan universal qo‘llanmada maktab dasturlarini o‘z ichiga to‘liq olgan mavzular yuzasidan nazariy ma’lumotlar beriladi.Ushbu qo‘llanma barcha fanlar bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish, darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, nazorat ishlarini sifatli bajaraish, davlat imtihonlariga hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam beradi.Ushbu qo‘llanmada makatabning 5-11-sinf-larida o‘tiladigan fanlar doirasida ishlab chiqiladi. Ushbu fanlardan eng ko‘p ishlatiladigan qoidalar, formulalar, jadvallar, solnomalar, hisoblashlar, kattaliklar va shunga o‘xshash ma’lumotlar jamlanadi.Qo‘llanma har o‘quv yili boshida 5-sinf o‘quvchilari sonidan kelib chiqib chop etiladi. Keyinchalik bu qo‘llanma to maktabni tamomlaguncha yoki butunlay o‘quvchining o‘zida qoladi.Maqsad va vazifalar Ushbu qo‘llanmani yaratishdan maqsad: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tilayotgan 17 ta fanlardan eng zaruriy va asosiy ma’lumotlarni bitta qo‘llanmada to‘plashdir. Ushbu ma’lumotlar to‘liq davlat ta’lim standartlariga mos holda bo‘ladi. Qo‘llanmadagi barcha nazariy ma’lumotlar qisqa shaklda bayon etilib, mantiqiy, sinflar kesimida, ko‘rgazmali, sxema va jadvallar shaklda keltiriladi. Qo‘llanma o‘quvchilarning darslarga tayyorgarlik ko‘rishi, uyga vazifalarini bajarish, mustaqil va nazorat ishlarini bajarish, hamda davlar imtihonlariga tayyorlanishlari uchun foydalidir. Ushbu qo‘llanmaning elektron shaklini diskka ko‘chirilgan shaklda chiqarish ham o‘quvchilar uchun foydadan holi bo‘lmaydi. O‘quvchilar oldingi sinflarda yoki darslarda o‘tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini yodga olishlari hamda takrorlab turishlari uchun qulaylik yaratadi. Yechiladigan masalalar va muammolarDars jarayonlarida ko‘p uchraydigan muammolardan biri haqida to‘xtalmoqchiman. Masalan, o‘quvchi fizikadan bironta masala yechish mobaynida kimyoviy davriy jadvalga extiyoj sezadi. Lekin uni o‘sha vaqti topishi qiyin, o‘quvchi har doim ham fizika faniga kimyoviy davriy jadval olib kirmaydiku. Yoki 11-sinf o‘quvchisi oliy ta’lim muassasasiga yoki imtihonlarga tayyorlanayapti unga 9-sinfda o‘tilgan qaysidir mavzu yuzasidan formula yoki ma’lumot kerak. Hammada ham har doim 5-11-sinf darsliklarining barchasi uyida yoki yonida bo‘lmaydiku, yoki ayrim bilimlarni yodidan chiqarishi mumkinku.Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling