Maktabgacha pedagogika


Katta guruh (5-6 yoshlilar


Download 33.93 Kb.
bet4/17
Sana13.11.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1770906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi

Katta guruh (5-6 yoshlilar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda bolaning bo’yoi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayoli tez qiyoshayoib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri o’sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali etarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga etganda miya po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon bo’lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan takdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyoligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiyo tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayoyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining ettinchi yoilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlayodi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu davrda bolaning bo’yoi 120 sm ga etadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiyo borliqni bilishga intila boshlayodi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayoyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo’lgan ta'lim olishga o’qishga ishtiyoq uyog’otish lozim. Bu o’rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayoyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini o’rgatish lozim. Har qandayo olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliyo jihatdan ta'lim olishga tayoyor bo’lishi kerak. Bolalarning maktabga tayoyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim.
Bolalarning ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi asab tizimi faoliyatining ta’siri natijasida namoyon bo‘lib, tarbiyachi bu jarayondan voqif bo‘lishi zarur. Shuningdek, kichkintoyning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasidan ham xabardor bo‘lishlari talab etiladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bola nutqqa ega bo‘lmasa-da unda gapni tushunish, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyati kuzatiladi. Shuning uchun ham go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Kichkintoy bir yoshgacha bo‘lgan paytda esa, dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bunda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. “Bola tushunmas ekan” deb unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilishlari kerak.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish davri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan vaqt mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, kichkintoy musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-95 sm.ga yetadi. Tayanch-harakat organlari takomillashib, asab tizimi taraqqiy etib boradi. 3 yoshli jajjilar qisqa muddat davomida o‘z xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ularda mustaqil bo‘lishga intilish hissi ortib, sensor idroki, jamoa bo‘lib o‘ynash malakalari rivojlanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi.
Tasviriy hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanib, taxmin qilish imkoniyatlari vujudga keladi.
O‘rta guruh (4-5 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Kichkintoy to‘rt yoshga yetgach, uning jismoniy o‘sishi birmuncha jadallashadi, bo‘yi 105-108 sm.gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg.ni tashkil etadi. Bu davrda uning miyasi, katta yarimsharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib, qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi.
Katta guruh (5-6 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Ushbu davrda bolaning bo‘yi 7-8 sm.ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bu yoshda bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli muntazam noto‘g‘ri o‘tirish natijasida qiyshayishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga, gavdani tik tutgan holda o‘tirishga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishi kattalarnikiga o‘xshaydi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola o‘zini idora qilish va harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Ushbu davrda kichkintoyning bo‘yi 120 sm.ga o‘sib boradi, og‘irligi 22-24 kg.ga yetadi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga, gigiyenik malakalarni egallashga intiladi.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling