Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet12/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

Kulolchilik. O‘zbekistonning turli hududlarida ko‘p yillar davomida olib borilgan va davom ettirilayotgan arxeologik qazilmalar vaqtida kulolchilik namunalari topilgan. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan, Toshkendagi Shoshtepa, Oqtepadan chiqqan sopol buyumlar kulolchilik O‘zbekiston diyoridagi eng qadimiy amaliy san'at turlaridan biri ekanligiga yorqin dalil bo‘la oladi.

Asrlar davomida rivojlanib kelgan bu amaliy san'at turining o‘z milliy hususiyatlari bilan ajralib turgan va mashhur bir qancha maktablari va markazlari bo‘lgan. Zangori kulollik deb atalgan sohalari mavjud edi.

Xorazm zangori kulollikning asosiy markazlaridan biri hisoblangan. Ko‘hna Xorazmda uchta qadimiy zangori kulollik maktabi bo‘lgan: Madir kulollik maktabi, Kattabog‘ maktabi, Ko‘hna Urganch maktabi. Garchi hammasi ham zangori kulollik buyumlari ishlash bilan band bo‘lsa-da, naqsh shakllari uslubi jihatidan bir-biridan ancha farq qilgan.

Urganch shahridan 16 km janubda joylashgan Madir qishlog‘i qadimdan kulolchilik markazlaridan biri hisoblangan.

Kattabog‘ qishlog‘i ham qadimdan kulollik markazlaridan biri bo‘lib kelgan. XX asr boshlarida bu yerda ham 26 ta kulollik ustaxonasi bo‘lib, ularda 200 dan ortiq kulol ishlagan. Shahrisabzda maxsus kulollik mahallasi mavjud edi. 1930 yillarda bu yerda 25 dan ortiq kulollik do‘konlari bo‘lgan. Shahrisabz kulollari Oq saroyni, Amir Temur sag‘anasini qurishda ishtirok etishgan.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Rishton kulolchiligi mahsulotlari ham azaldan juda e'zozlanib kelingan.

Toshkent, Samarqand, Rishtonda laganlari mashhur bo‘lsa, Xorazmda badiya deb ataladigan chuqur sopol tovoq jula qadimdan ishlab kelinayotgan sopol buyumlaridan hisoblanadi.

Qo‘li gul o‘zbek kulollari ishlagan sopol buyumlari xilma-xilligi, nafis va jozibaligi bilan haligacha hammaning diqqat e'tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.




Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling