Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet89/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Nazariy savollar


  1. Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.

  2. Betonlarni klassifikatsiyalab bering.

  3. Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.

  4. Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.

  5. Betonning asosiy xossalarini aytib bering.

  6. Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.

  7. Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?

  8. Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?

  9. Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.

  10. Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?

  11. Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.

  12. Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.

  13. YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.

  14. Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.


13-MAVZU




TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR


Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar .

  3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish.

  4. Monolit temirbeton konstruksiyalar.

1. Umumiy ma’lumotlar
Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton matritsadan va po‘lat armatura karkasidan iborat kompozitsion materialdir.
Temirbeton jamoat va sanoat binolari va transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus ob’ektlar qurilishida keng miqyosda qo‘llaniladi.
Temirbeton rivojlangan mamlakatlarda XIX asr oxiridan boshlab ko‘plab ishlatilgan. Temirbeton konstruksiyalar nazariyasini yaratish, loyixalash va ishlab chiqarish sohalarida prof. N.A.Belelyubskiy, I.G. Malyuga, A.F.Loleyt, A.A.Gvozdev, YU.V.CHinenkov, A.B.Ashrabov, T.J.Junusov, B.A.Asqarov va boshqalar shug‘ullandilar.
Monolit temirbeton bilan birgalikda yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalarni bino va inshootlar qurilishida ishlatish mehnat unumdorligini oshirishga, qurilish muddatini qisqartirishga va tannarxini pasaytirishga olib keladi. Ma’lumki, betonning siqilishdagi mustahkamligi cho‘zilishdagi mustahkamligiga nisbatan bir necha o‘n barobar ko‘pdir. Betonning aynan shu xususiyati temirbeton konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘ziluvchi qismini po‘lat armaturalar bilan kuchaytirishni taqozo etadi.
Beton va po‘lat armaturaning yaxshi tishlashishi va harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsientlarining yaqinligi temirbetonni bir butun tizim bo‘lib ishlashini ta’minlaydi. Beton po‘lat armaturani ob-havo ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuliga ko‘ra monolit va yig‘ma konstruksiyalarga bo‘linadi.
Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular maxsus loyixalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo‘l qurilish va aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolipopalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko‘p qo‘l mehnati sarf bo‘ladi. Ularni quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumida tayyorlash qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari, o‘lchamlari minimal o‘zgaruvchan bo‘lgan temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish tejamli bo‘ladi.
Temirbeton konstruksiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani avvaldan taranglashdan maqsad po‘lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton konstruksiyaga yuklama qo‘yilganda, keskin kamaytirishdir. Bu holatda temirbeton konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishdan yuqori bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘lgandagina cho‘zilishga ishlaydi. Konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar hosil bo‘lishi keskin kamayadi.
Armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko‘tarish imkoniyatlari to‘laroq ishlatiladi va shuning uchun konstruksiyaning massasi kamayadi. Bu turdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton va mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda monolit temirbeton konstruksiyalar tayyorlashga moyillik yuqoridir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda monolit beton ishlarini olib borish bo‘yicha Vazirlar Maxkamasining qarorlari mavjud bo‘lib, bu sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 2003 yilda katta assortimentda unifikatsiyalashtirilgan monolit beton qoliplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pashal Verke” LTD o‘zbeknemis qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling