Ma’ruzalar matni


Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar


Download 4.32 Mb.
bet90/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

2. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar muayyan seriyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unifikatsiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Ular og‘ir, engil va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. Bunda temirbeton konstruksiyalar bir-necha vazifani o‘tashi mumkin. Masalan, konstruktivissiqlik izolyasiyasi, akustik, gidroizolyasiya va korroziyaga bardoshli, qoplamali va sh.k. bo‘lishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton bino va inshootlarning hamma qismlarini tayyorlashda ishlatiladi: poydevorlar, tashqi va ichki devorlar, karkaslar, qavatlararo va tom yopma plitalari, zinapoyalar, to‘sinlar, kolonnalar va boshqalar (16.1-rasm).

16.1-rasm. Jamoat binolarining ba’zi bir yig‘ma temirbeton konstruksiyalari
a) tashqi bezak qoplamali devor panellari; b), v) dumaloq va oval bo‘shliqli qavatlararo plitalar; g) yig‘ma poydevor elementlari; 1-poydevor bloki; 2-podval poydevorlari bloki; d), e) zinapoya va zinapoya maydonchasi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlatilish sohasiga ko‘ra to‘rtta asosiy guruxga bo‘linadi: jamoat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus buyum va konstruksiyalar.

Jamoat binolari uchun konstruksiyalar


Poydevor va binolarning er osti qismi uchun temirbeton bloklar, svaylar va boshqalar ishlatiladi.
Poydevor bloklari M200, M250 va M300 markali og‘ir betonlardan tayyorlanadi. Armatura sifatida silliq po‘lat to‘rlar ishlatiladi. Podval devorlarining bloklari M100 va M150 markali og‘ir betondan quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 2500 mm gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm.
Bloklarning yon tomonida podval devorlarini montaj qilishda foydalaniladigan va bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o‘yiqlar (pazlar) qoldiriladi. Montaj ishlari tugagach o‘yiqlar ketma-ket sementli qorishmalar bilan to‘ldiriladi.
Podval devori bloklari betonni tejash maqsadida ichi bo‘shliqli holda tayyorlanishi mumkin.
Svaylar ko‘ndalang kesimi 300x300 mm o‘lchamli kvadrat shaklda va uzunligi 6-12 m bo‘ladi. Ular M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi. Svay poydevorlari bino bo‘sh va botqoqsimon erlarga qurilganda erning toshloq qattiq qatlamigacha maxsus uskuna yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq erda cho‘kishining oldi olinadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling