25-Ma’ruza Mavzu: Korroziyaga bardoshli va issiqqa bardoshli konstruksion materiallar. Reja


Download 28.31 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi28.31 Kb.
#1573968
  1   2   3   4   5
Bog'liq
МАЪРУЗА 25


25-Ma’ruza
Mavzu: Korroziyaga bardoshli va issiqqa bardoshli konstruksion materiallar.
Reja
1. Materiallarning korroziyaga chidamlilik tasniflari.
2. Metallarni korroziya bardoshlikka legirlash.
3. Metallarni olovbardosh legirlash
4. Korroziya bardosh qotishmalar klassifikatsiyasi.
5. Metall bo‘lmagan konstruksion materiallar.

1. Materiallarning korroziyaga chidamlilik tasniflari.
Korroziyadan eng katta yo‘qotish kimyo va neftni qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bu ishlab chiqarish jarayonlaridagi muhitning agressivligi, jarayonlarning borishiga qo‘yilgan talabning qattiqligi, murakkab konstruksiyadagi apparatlardan foydalanish oqibatidir. Kimyoviy va fizik jarayonlarning turli tumanligi kimyo sanoatida keng assortimendagi materiallardan foydalanishni toqazo etadi. Xozirgi vaqtda kimyoviy apparatlarni tayyorlash uchun turli metall va qotishmalar qo‘llaniladi. Uglerodli, xromli, xromnikelli, xromomarganesli, xromnikelmolibdenli, yuqori legirlangan austenitli, nikel asosidagi korroziyabardosh qotishmalar, titanni molibden va palladiy bilan qotishmasi, qo‘rg‘oshin va mis asosidagi qotishmalar keng tarqalgan.
Korroziyabardosh metall va qotishmalar deganda agressiv korrozion muhitda yetarli darajada barqarorlikka ega bo‘lgan, korroziyabardosh va issiqbardosh, hamda korroziyaga qarshi qo‘shimcha ishlov berishsiz ishlatilishi mumkin bo‘lgan metall va qotishmalar tushuniladi. Materialning korroziyaga chidamliligi nafaqat o‘zini massasini saqlab qolishi emas, balki metall konstruksiyani funksional yuklamalarini bajarishidir. Metallarning gazlardagi kimyoviy barqarorligi oksid plyonkalarining tabiati va xususiyatlariga, plyonkaning metall bilan ilashish mustaxkamligiga bog‘liq. Metallarning elektrolitlardagi barqarorligi termodinamik potensiallarning qiymati va faolsizlanish xususiyati bilan aniqlanadi. Ba’zi metallar, misol uchun temir, aluminiy, titan, xrom, nikel faolsiz holatga o‘tishi hisobiga nisbatan korroziyaga chidamliroq. Metall yuzasining faolsiz holati eritmada ba’zi bir faol ionlar (xlor, brom, ftor ionlari) bo‘lganda buziladi va oksidlovchilar bo‘lganda faolsiz holat kuchayadi. Metallarning bir qismi korroziya maxsulotlaridan metall yuzasida kam eriydigan yetarli darajada zich bo‘lgan plyonka hosil bo‘lishi xisobiga korroziyaga chidamli bo‘ladi. Ba’zi metallar tarkibida samarali katod hosil qiluvchi qo‘shimchalar yo‘qligi xisobigi hisobiga kimyoviy barqaror bo‘ladi.

Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling