25-Ma’ruza Mavzu: Korroziyaga bardoshli va issiqqa bardoshli konstruksion materiallar. Reja


Download 28.31 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi28.31 Kb.
#1573968
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАЪРУЗА 25

4. Quymani faolsizlantirish.
Quymani faolsizlantiruvchi qo‘shimchalar sifatida elektromusbat metallar platina, palladiy, ruteniy, irkoniy kabi metallardan foydalaniladi. Samarali natija olish uchun quyma tarkibiga 1 % yuqoridagi metallardan qo‘shish kifoya. Metallarni legirlash bilan korroziya bardoshliligini oshirish ayniqsa mexanik kuchlanishlar ta’sir qiladigan sharoitda samarali bo‘lib xisoblanadi.
Har bir aloxida element tarkibdagi miqdoriga bog‘liq holda po‘latga o‘ziga xos xususiyat beradi. Agarda tarkibda bir nechta element bo‘lsa samara yanada ortadi. Qotishmalarning shunday variantlari borki , ularda aloxida elementlar bir xil sharoitda o‘zini ta’sirini bir yo‘nalishda emas, balki bir biriga qarama qarshi yo‘nalishda ta’sir qiladi. Po‘latda legirlovchi elementlarning mavjudligi unda biz xoxlagan xususiyatlarni hosil qilishga imkoniyat yaratadi, bu xususiyatlarga po‘latni qayta ishlash yoki issiq ishlov berish yo‘li bilan erishish mumkin. Quyida legirlovchi elementlarning turlari va ta’sir turlari keltirilgan. Alyuminiy (Al) erish harorati 658° C.
Bu etarli darajada kuchli, juda ko‘p qo‘llaniladigan oksidsizlantiruvchi va bundan tashqari nitritsizlantiruvchi vosita; alyuminiyning bu xususiyati qotishmani eeskirishni xis qilmasligiga ijobiy ta’sir qiladi. Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi alyuminiy mayda donlarni hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Alyuminiy azot bilan yuqori qattiqlikdagi nitridlar hosil qiladi, u azotlashgan po‘latda ko‘pincha legirlovchi element bo‘ladi. U okalinaga bardoshlilikni ortiradi va shuning uchun ferritli olovbardosh po‘latga tez-tez qo‘shiladi. Legirlanmagan uglerodli po‘latni “alitirlash” bilan (qotishma yuzasiga alyumin qo‘shiladi) okalinaga bardoshlikni oshirish mumkin. Koersitiv kuchlarning kuchli ortishidan alyuminiy temir, nikel, kobaltning magnit qattiq qotishmalarida legirlovchi elempent bo‘lib xisoblanadi.
Qo‘rog‘oshin (Pb) Erish xarorati 327.4 °C. Avtomat metallarga qo‘rg‘oshin 0,2÷0,5 % miqdorida qo‘shiladi. Uning qotishmada (suspenziyada) o‘ta yupqa taqsimlanishi qotishmaga mexanik ishlov berishda mayda qirindi hosil bo‘lishi va yuzani toza bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Qo‘g‘oshinning qotishma tarkibiga ko‘rsatilgan miqdorda qo‘shilishi qotishmaning mexanik xususiyatlariga ta’sir qilmaydi.
Bor (B) erish xarorati 2300 °C. Bor neytronlarning absorbsiyasi uchun katta samarali ko‘ndalang kesimga ega, ular bilan atom energikasi qurilmalarida ishlatiladigan po‘latlar legirlanadi. Austenitli 18/8 CrNi po‘lat, bor yordami tufayli dispersion qotish natijasida yuqori darajadagi oqish va mustaxkamlik chegarasiga ega, lekin korroziyaga qarshi barqarorligi pasayadi. Qotishmada bor mavjudligi tufayli ajralib chiqadigan ajralmalar issiqbardosh austenit turidagi po‘latlarni yuqori xaroratlar xududida mustaxkamligini oshiradi. Bu element qurilish po‘latlarida chuqur sementasiyalashni yaxshilaydi va shunday qilib sementasiyalanadigan po‘lat donalarini mustaxkamligini oshiradi. Bor bilan legirlangan po‘latlarda payvand ishlarini ozaytirish maqsadga muvofiqdir.


Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling