Ma’ruzalar matni


-rasm. YAxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar


Download 4.32 Mb.
bet93/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

16.3-rasm. YAxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar a-binoning tashqi qatori (bir konsolli); b-binoning ichki qatori (ikki konsolli).
Kran osti temirbeton to‘sinlari M400-M500 markali betondan, armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. To‘sin tavr kesimli bo‘lib, uzunligi ustunlar orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘ladi va odatda 12m qilib tayyorlanadi.

16.4-rasm. Temirbeton balkalar


a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli.
Kran osti to‘sinlari ustiga maxsus po‘lat relslar o‘rnatilib ko‘prik krani yurishiga mo‘ljallanadi. Tombop to‘sinlar bir va ikki nishabli, ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchak, tavr va qo‘shtavr shaklida tayyorlanadi. To‘sinlar ishlab chiqarishda M400-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlar ishlatiladi. Ular sterjenli yoki o‘rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan armaturalanadi. To‘sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (16.4-rasm).



16.5-rasm. YOpmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz (b) temirbeton fermalar
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo‘lganda tomlarni ko‘tarib turishga mo‘ljallangan. M400-M600 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich asosidagi engil betondan armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli segment shaklida bo‘lishi mumkin (5-rasm).
Sanoat binolarida ferma konstruksiyalarini ishlatish binoning xususiy massasini kamaytiradi, beton va metall armaturalarni tejaydi, seysmik mustahkamlikni ta’minlaydi.
Temirbeton arkalar tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq bo‘lgan sanoat binolari tomini yopishda ishlatiladi. Arkalar yaxlit yoki panjarasimon devorli qilib yasaladi va odatda ikkita yarim arkadan yig‘iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni 1,21,5 m o‘lchamlarda yassi va qobirg‘ali plitalar ko‘rinishida og‘ir, engil va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g‘ovak to‘ldirgichli betonlar, gaz va ko‘pikbetonlar, yirik g‘ovakli betonlar, ikki va uch qatlamli konstruksiyalar asosida tayyorlanishi mumkin. Plita va panel og‘ir betondan, o‘rtasiga engil samarali issiqlik izolyasiyasi materiallari qo‘yib, uch qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida yarim bikr mineral paxta plitalari, ko‘pikpolimer plitalar, arbolit va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar va panellar jamoat binolari qurilishida ishlatiladigan konstruksiyalar kabi konstruksiyalar qo‘llaniladi. O‘rta qator ustunlar qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan sanoat bino va inshootlarda, sport komplekslari va sh.k. bino tomlarini yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki yo‘nalish bo‘yicha qobiqlar hosil qilingan bo‘lib, kuchaytirish maqsadida uzunasi bo‘ylab maxsus qobirg‘achalar muayyan masofalarda hosil qilinadi. Qobiq konstruksiyaning xususiy massasini kamaytirish uchun asosiy yopma qismi armotsementdan
(to‘ldirgichsiz) tayyorlanadi.

Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar


Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar transport, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus qurilish tizimlarida keng miqyosda ishlatiladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling