Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet94/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Transport qurilishida temirbeton temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari va aerodromlar barpo etishda ishlatiladi. Temiryo‘l, metropoliten va avtomobil yo‘llari qurilishida ko‘prik konstruksiyalari, shpallar, elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari, katta diametrdagi quvurlar, akveduklar, tyubinglar va boshqa temirbeton buyumlar va konstruksiyalar ishlatiladi. Bu tizimda M300-M500 markali og‘ir betonlar qo‘llaniladi. Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda sterjenli yoki o‘rilgan yuqori mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar avvaldan taranglangan holda ishlatiladi.
Bunday konstruksiyalar zich, suv o‘tkazmaydigan, sovuqqa, quruq issiq iqlim sharoitiga chidamli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Avtomobil yo‘llari va aerodromlar qurilishida yuqori mustahkamlikdagi temirbeton qoplama plitalar, bordyurlar va tratuar plitalari ishlatiladi.
Qishloq xo‘jalik inshootlari-silos chuqurlari, minoralar va transheyalar, uzumzor tayanchlari, molxonalar maxsus buyumlari, teplitsa karkaslari va boshqalar M200-M300 markali betonlardan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish binolari, omborxonalar qurilishida sanoat binolarida ishlatiladigan beton va temirbeton buyum va konstruksiyalar ishlatiladi.
Gidrotexnik inshootlar qurilishida temirbeton plitalar, to‘sinlar, qobiqlar, yuqori diametrdagi quvurlar, svaylar va boshqa konstruksiyalar ishlatiladi. Ular M200-M500 markali og‘ir betonlardan armatura karkaslari va to‘rlari bilan armaturalangan holda qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarga suv o‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilgan.
Gidromelioratsiya qurilishida temirbetondan suv ta’minoti va kollektor tizimi quvurlari, yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari va boshqalar tayyorlanadi. Temirbeton quvurlar bosimli va bosimsiz turlarga bo‘linadi. Bosimsiz quvurlar kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarida ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300-1200 mm. Ular M300 va undan yuqori markali betonlardan tayyorlanadi va suv o‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. YUqori bosimda (W6-W12) ishlaydigan quvurlar avvaldan taranglangan armaturalar va to‘rlar bilan armaturalangan bo‘ladi. Ular yuqori bosim ostida ishlaydigan suv uzatish tizimlarini barpo etishda ishlatiladi.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan temirbeton buyum va konstruksiyalarga yig‘ma devor, elektr tarmog‘i tayanchlari, ariq lotoklari va shu kabilar kiradi. Ular M200-M300 markali betonlardan tayyorlanadi, sovuqqa chidamliligi /150-/200.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling