Ma’ruzalar matni


Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash


Download 4.32 Mb.
bet96/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash. Yirik uysozlik panellari, fasad plitalari va ba’zi konstruksiyalarni zavod sharoitida pardozlash texnologiyalari ishlab chiqilgan. Industrial usulda zavodda pardozlangan panellar va konstruksiyalar yuqori sifatli bo‘lib, qurilishni jadallashtiradi. Devor panellari fasad tomoni fakturali ishlanadi, rangli qorishma va betonlar bilan pardozlanadi, keramik va shisha plitalar bilan qoplanadi va hokazo.
Maishiy xizmat binolari panel va plitalari, sanitariya-texnika kabinalari ichki tomondan keramik va shisha plitalar, mozaikalar, donador polimer va bog‘lovchi aralashmalar bilan pardozlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda panellar yuzasini pardozlovchi va issiqlik izolyasiyasi maxsus ko‘pchitilgan kompozitsion materiallar yaratilgan va qurilish industriyasida ishlatilmoqda.
Bunday quruq qorishmalar mineral yoki polimer bog‘lovchilar, mineral va shisha tolasi kabi issiqlik izolyasiyasi materiallari, to‘ldirgichlar, rangli pigmentlar va boshqa qo‘shimchalar asosida tayyorlanadi. Issiqlik izolyasiyasi xususiyatiga ega bo‘lgan pardozlash qatlami panel va plitalar asosida qurilgan binolarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytiradi.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarish usullari
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda stend, potok-agregat va konveyer usullarida ishlab chiqariladi.
Stend usulida ishlab chiqarishda temirbeton konstruksiyalar qo‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi, texnologik operatsiyalarni amalga oshiradigan mexanizmlar va agregatlar postdan postga siljiydi va har bir postda muayyan operatsiyalar belgilangan ketma-ketlikda bajariladi.
Temirbeton konstruksiyalar stend yoki matritsa qoliplarda tayyorlanadi. Qoliplangan buyum va konstruksiyalarning qotishini tezlashtirish uchun ular qolipning o‘zida issiq suv, bug‘, elektr toki va boshqa usullarda qayta ishlanadi. O‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalarni geliotermoishlov usulida qotishini tezlashtirish mumkin. Quyosh nuri issig‘idan foydalaniladigan ushbu usul temirbeton ishlab chiqarish poligonlarida yaxshi samara beradi.
Stend usulida odatda yirik o‘lchamli konstruksiyalar, masalan, massiv to‘sinlar, ustunlar, fermalar, arkalar, uysozlik panellari armaturasi avvaldan taranglangan ko‘prik konstruksiyalari va boshqalar tayyorlanadi.
Stend texnologiyasi mexanizm va agregatlarning soddaligi, qat’iy ishlab chiqarish ritmiga amal qilinmasligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling