Mavzu: Tom yopma elementlari. Tomlarning konstruksiyalari. Tom rejalarini ishlab chiqish
Mavzu:Tom yopma elementlari. Tomlarning konstruksiyalari. Tom rejalarini ishlab chiqish Reja: 1 Tom yopma elementlari Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (ferma, sarrov, stropila, xari va boshqalar) hamda tunuka, shifer, tol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqli yoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansarda koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (ferma, sarrov, stropila, xari va boshqalar) hamda tunuka, shifer, tol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqli yoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansarda koʻrinishida boʻlishi mumkin. Eni keng sanoat binolarida tabiiy yoritish va havo almashtirish maqsadlarida tom oʻrtasiga fonar (oynavand tuynuk) ishlanadi. Bundan tashqari tomlarning gumbazli, piramidasimon, konussimon va qobiqsimon xillari ham boʻladi.Odatda tomlar ikki turga ajratiladi: nishabli tomlar va yassi tomlar, ular bir-biridan yer sathiga nisbatan nishablik darajasi bilan farq qiladi. Ikkala turdagi tomlar oʻzining qadim arxitektura anʼanalariga ega. Nishabli tomlar asosan yomgʻirli iqlim sharoitlarida qoʻllanilgan. Yassi tomlar – anchagina quruq iqlimda, yomgʻir onda-sonda yogʻadigan, qor muammosi esa deyarli mavjud boʻlmagan joylarda foydalaniladi. Gidroizolyatsiya tizimlari takomillashgani natijasida, 20 asrda yassi tomlandan yomgirli iqlimga ega boʻlgan hududlarda ham foydalanila boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |