Mashg’ulotlar uchun


Muskullar orasiga in’ektsiya qilish joylari, qoidalari. Dori moddani shpritsga olish qoidasi


Download 0.61 Mb.
bet10/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Muskullar orasiga in’ektsiya qilish joylari, qoidalari. Dori moddani shpritsga olish qoidasi.

Muskullarda qon va tomirlar tarmog‘i yaxshi rivojlangani sababli, muskul orasida in’ektsiya yo‘li bilan yuborilgan dori eritmalari tez va yaxshi so‘riladi. Muskul orasiga in’ektsiyalarni tananing ma’lum joylarida muskul to‘qimasi qavati anchagina qalin sohada, yirik qon tomirlar va nerv stvollari o‘tadigan joyda uzoqda, masalan: dumba, sonlarining muskullariga qilinadi.


Muskul orasiga antibiotiklar, magniy sulьfat, zardoblar yuboriladi. Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristalli kukun ko‘rinishida chiqariladi. In’ektsiya qilishdan oldin bu kukunni novokainning 0,25-0,5 % eritmasida eritiladi. Stirillangan shpritsga antibioltik miqdoriga ko‘ra erituvchi olinadi. U ta’sir birliklarida (TB) dozalanadi. 100000 TB ga 1 ml erituvchi, 500000 TB ga 5ml va h.k erituvchilar olish lozim. Flakondan qopqog‘i olinadi, rezina probkasini spirt bilan artiladi va erituvchisi bor shprits ignasi bilan teshiladi. Eritma asta sekin kiritiladi, eritma ta’siri ostida antibiotik eriydi so‘ngra flakon to‘nkariladi va suyuqlik shpritsga so‘rib olinadi. Antibiotik eritmasini ilitish mumkin emas, chunki harorat ta’sirida u parchalanadi. Antibiotik eritilgan holda 1 kundan ko‘p saqlab bo‘lmaydi.
Muskul orasiga in’ektsiya qilishda ishlatiladigan ignalarning qalinligi 0,8-,05 va uzunligi 8-10 sm bo‘lishi kerak, chunki igna kiritilganda teri osti yog‘ qavatidan o‘tishi va muskul bag‘riga borishi kerak. Dumbalar sohasi muskul orasiga in’ektsiyalar uchun eng qulay joy hisoblanadi. Bunda dumba xayolan 4 qismga bo‘linib, yuqori tashqi kvadratiga in’ektsiya qilinadi.
Muskul orasiga in’ektsiyalar qilish texnikasi. Dumba sohasiga in’ektsiya qilinganda bemor qornini bosib yoki yonboshlab yotadi. Son sohasiga in’ektsiya qilinadigan bo‘lsa, chalqancha yotadi. Shprits quyidagicha ushlanadi: II-barmoq porsheni, V-barmoq igna muftasini qolgan barmoqlar shprits tsilindrini ushlab turadi. Shprits bemor tanasi yuzasiga nisbatan perpendikulyar holatda turadi. Ignani dadil harakat bilan teri burmasining o‘rtasiga 7-8 sm ichkariga kiritilib, mufta ustidan 1 sm qoldiriladi, chunki igna shu joyida ko‘pincha sinadi. Shundan keyin hamshira porshenni o‘ziga tortadi va ignaning qon tomiriga tushmaganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng (shpritsda qon paydo bo‘lsa) porshenni bosib, eritmani asta-sekin oxirigacha siqib chiqaradi. Chap qo‘lni 1-2 barmog‘i bilan terini bosib turib igna sug‘urib olinadi va o‘rniga spirt bilan namlangan paxta bosiladi. Songa muskul orasiga dori yuborishda shpritsni (yozuv perosi kabi burchak 900) ostida tutib turish kerak, shunda suyak usti pardasiga shikast yetmaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling