Matematika (yo’nalishlar bo’yicha: differensial tenglamalar) i-kurs magistratura talabasi Chorshanbiyeva Zulfira Muzaffar qizining o’quv-uslubiy


Download 20.22 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1644440
Bog'liq
To\'rayeva Farangiz HISOBOT!



70540101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha: differensial tenglamalar) I-kurs magistratura talabasi Chorshanbiyeva Zulfira Muzaffar qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2023-o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar



HISOBOTI


QARSHI-2023
70540101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha:algebra va funksional analiz) I-kurs magistratura talabasi Chorshanbiyeva Zulfira Muzaffar qizi o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2023-o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar hisoboti.

Talabaning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo’yicha.


  1. O’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha



  1. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida 1-kurs 1-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.

  2. Kafedra ilmiy seminarlarda qatnashib professorlar, tayanch doktarantlar va magistrlarning ma’ruzalarini tingladim.

  3. Kafedra tomonidan belgilangan jadval asosida ilmiy rahbarim prof. Islomov Bozor o’quv uslubiy ishlar bo’yicha maslahatlar olib bordim.



  1. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha.

  1. Ilmiy rahbarim dots. Chorshanbiyeva Zulfira Muzaffar qizidan “Operatorning bosh qismida Y ga nisbatan xosila qatnashgan 3-tartibli parabolik-giperbolik tipdagi tenglama uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bo'yicha qilgan ishlarimning hisobotini qildim. Keyingi qilinadigan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlarni oldim.

  2. Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim.




  1. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.

  1. O‘quv ishlarni tashkil etishga bog‘liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari bilan tanishib ularni o’rganib chiqdim.

  2. Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilarining ma‘ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tkazdim.


Magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha
1. Tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik va tadqiqot ishlarini rejalashtirish.
1. Ilmiy rahbarim prof. Islomov Bozor bilan magistrlik dissertatsiya ishining mavzusini tanladik. Kafedrada tanlagan dissertatsiya mavzusi tasdiqlandi.
2. Tadqiqot ishining kalendar rejasini tuzdik. Ilmiy rahbarim prof. B.Islomov tavsiyasiga binoan dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqot bosqichlarining ketma-ketlikda bajarmoqdaman. Magistrlik dissertatsiyamning struktura va mantiqiy sxemasini tuzdik, adabiyotlarni o’rganmoqdaman.
3. Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiya va axborot resurslari, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishdim. Ilmiy rahbarim prof. B.Islomov yordamida dissertatsiya mavzuimga oid “Operatorning bosh qismida Y ga nisbatan xosila qatnashgan 3-tartibli parabolik-giperbolik tipdagi tenglamalar chegaraviy masalalar” haqida tushunchalarni o’rganib chiqdim va bibliografik ro’yxat shakllantirdik.
4. Axborot manbalari va hujjatlarni (adabiyot va elektron resurslar ) o’rgandim. Ilmiy rahbarim prof. B.Islomov bilan “Operatorning bosh qismida Y ga nisbatan xosila qatnashgan 3-tartibli parabolik-giperbolik tipdagi tenglamalar chegaraviy masalalar” nomli dissertatsiya mavzuim bo’yicha qisqacha annotatsiya tayyorladik.
5. Ilmiy tadqiqot muammosini shakllantirdik va tavfsifladik. Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni (muammolarni) tuzdik.
6. Tadqiqotning ilmiy dolzarbligini, ilmiy yangiligini va amaliy ahamiyatga ega ekanligini asosladik.
7. Mavzuga oid kutubxona fondlaridagi adabiyotlar hamda elektron resurslarni o‘rganishni davom ettirdim.
8. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbarimdan tavsiyalar oldim.
9. Dissertatsiya mavzusiga oid yangi adabiyotlarni o‘rgandim va bu adabiyotlardan o‘zimga kerakli ma’lumotlarni to‘plab ilmiy ishimga qo‘shib bordim.
10. Yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalangan holda magistrlik dissertatsiyamni yozishga kirishdim.
2. Tadqiqotni amalga oshirish uchun materiallar yig`ish.
Tadqiqot terminalogiyasini aniqlash: asosiy tushunchalar aniqlanib tahlil qilindi, solishtirildi, umumlashtirildi va boshqalar orqali terminologiyada qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Natijalarni qayt qildik va rasmiylashtirdik.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar ish rejasi loyihasida ko’rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobot “Algebra va geometriya” kafedrasining ________ dagi yig’ilishida muhokama qilindi.


Magistratura talabasi: _______ Chorshanbiyeva Zulfira
Hisobot bilan tanishib chiqdim
Ilmiy rahbar: _________ prof. B.Islomov
Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling