Mavzu : Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring


-Masofaviy malaka oshirish texnologiyalar


Download 181.02 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi181.02 Kb.
#1071270
1   2   3
Bog'liq
Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring

2-Masofaviy malaka oshirish texnologiyalar
Masofaviy malaka oshirish texnologiyalarini quyidagi uch toifaga ajratish mumkin:

  • nashr materiallari;

  • ta’limning kompyuter vositalari (elektron darsliklar, kompyuter testlar va bilimlarni nazorat qilish, multimedia-ning yangi vositalari);

  • videokonferensiyalar — audio va videokanallar, kompyuter tarmog‘i bo‘yicha telekommunikatsiya texnologiyalari vositalari.

Telekommunikatsiya va kompyuter tarmog‘i orqali videomuloqotlarning tashkil etilishi, ularning masofaviy ta’lim vositasi sifatida shakllanayotgani malaka oshirish tizimi yangi metodik va texnik ta’minotini amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda. Sifatli videoaloqalar kompyuter yordamida videoseminar va videokonferensiyalar tashkil etishning eng ishonchli vositalaridan hisoblanadi. Bunday vositalar pedagog-o‘qituvchilarning masofaviy malaka oshirishlarida, xususan, bir necha o‘nlab kishilar guruhi bilan ta’lim masalalariga tegishli muammolarni hal qilishda, individual shaklda tinglovchini o‘qitish, unga metodik yordam ko‘rsatish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etilishini ta’minlashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tinglovchilarning ovoz va videotasvirlar orqali muloqot qilishlaridan tashqari, tinglovchi bilan pedagogning hamkorlikda kompyuter monitoridagi tasvirlarini boshqarish imkoniyatlari vujudga keladi.
Masofaviy malaka oshirish ta’limi quyidagi metodlarga tayanadi:

  • tinglovchilarni masofaviy ta’lim resurslari va vositalari asosida o‘qitish metodi;

  • individuallashtirilgan o‘qitish metodi;

  • tinglovchi tomonidan o‘qituvchi yoki ekspertga taqdim etiladigan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga asoslangan metod (muloqot jarayonida tinglovchi faol ishtirok etadi);

  • o‘quv jarayoni barcha ishtirokchilarining o‘zaro faol ta’sirlashuvi asosida tashkil etilgan metod.

Bunda birinchi metod uchun multimediali yondashuv xarakterli bo‘lib, turli o‘quv vositalari yordamida nashr, audio-videomateriallarga asoslangan ta’lim resurslari yaratiladi va kompyuter tarmog‘i orqali tinglovchilarga quyidagi o‘quv materiallari yetkaziladi:

  • ma’lumotlarning interaktiv bazasi;

  • elektron jurnallar;

  • o‘rgatuvchi kompyuter dasturiy mahsulotlari (elektron darsliklar).

Ma’lumotlarning interaktiv bazasi telekommunikatsiya texnologiyalari orqali o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan tizimlashtirilgan bilimlar majmuasi bo‘lib, ular asosida kurs tashkilotchilari yaratilgan resurslar yordamida tinglovchi va pedagoglar uchun zaruriy materiallar bazasini ta’minlab turadilar. Elektron jurnallar davriy nashrlar hisoblanib, ta’lim oluvchilarga kompyuter tarmog‘i orqali yetkaziladi. Ular ta’lim oluvchilar uchun muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta’limni rivojlantirishning asosiy didaktik tamoyillari masofaviy ta’lim shakllari uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagog o‘qitishning tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi vazifalari(maqsad)ga yo‘naltirilganlik tamoyiliga ko‘ra, tinglovchilarda ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga, aniq bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi omillarini ham e’tiborga olish lozim.
Masofaviy ta’limda bu tamoyil, tinglovchini bilish faoliyatining kreativ tavsifi tamoyili ko‘rinishida talqin qilinadi. Kreativ axborot texnologiyasi interaktiv xususiyatga ega bo‘lib, tinglovchidan qabul qilinadigan umumiy axborotlar tavsifini xususiy vaziyatlarga tatbiq qilishni talab etadi. O‘qitishning ilmiylik tamoyilini masofaviy ta’lim jarayonida amalga oshirish tinglovchilarning ma’lum fan mazmuni bo‘yicha ilmiy dalillar, tushuncha va qonuniyatlar hamda nazariyalarni o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Ilmiylik tamoyili tinglovchilardan ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda muam-moli ta’lim metodlarini keng qo‘llash talab etiladi. Mazkur tamoyilni masofaviy ta’limda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘zlashtiriladigan bilimlarning fundamentalligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 181.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling