Mavzu : Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring
Download 181.02 Kb.
|
Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring
Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fakultet: Matematika va informatika Gurux: D gurux o‘zbek Fan nomi : Masofali ta‘lim Mavzu : Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring BAJARDI : Madraximov Sarvar Mavzu : Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring Masofaviy ta’lim nima ? Masofaviy malaka oshirish texnologiyalarini Ta’limning fundamentalligi tamoyili 1-Masofaviy ta’lim nima ? Masofaviy ta’lim — o‘qitishning yangi shakli bo‘lib, u o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holdagi ko‘rinishlaridan farq qiladi. U ta’limning yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o‘rtasidagi hamda tinglovchilarning o‘zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta’limning o‘ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o‘z maqsadiga, tanlangan ta’lim muassasasining o‘quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o‘qitish metodlarining tashkiliy shakli va maxsus vositalariga ega bo‘ladi. Masofaviy ta’lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o‘quv axborotlari bilan ta’minlash bo‘yicha o‘qitishning an’anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. CD-ROM interaktiv disklar, e’lonlarning elektron doskasi, multimediali gipermatn, Internet interfeyslari yordamida global tarmoqdan ma’lumot va bilimlarni olish tinglovchilarni o‘zaro muloqot jarayoniga faol jalb qilishi va pedagogik jarayonlarni boshqarish imkoniyatini berishi bilan ajralib turadi. Ta’limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o‘quv fanlari o‘qituvchilari tomonidan qo‘llanilayotgani, ta’limning samaradorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi hamda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkiliy-metodik ta’minotini yengillashtiradi. Shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan masofaviy ta’lim kompyuter testlari yordamida tashxis va nazorat qilishning interaktiv, pedagogik tajriba almashish metodlariga tayanib, kurs tinglovchilariga ish joylarida, o‘zlari uchun qulay paytda zaruriy amaliy yordam ko‘rsatishni ta’-minlaydi. Download 181.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling