Mavzu : Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring
-Ta’limning fundamentalligi tamoyili
Download 181.02 Kb.
|
Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslarin keltiring
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati
3-Ta’limning fundamentalligi tamoyili
Ta’limning fundamentalligi tamoyili quyidagi psixologik mezonlar asosida amalga oshirilishi tinglovchining o‘quv dasturi materiallarini to‘laqonli o‘zlashtirishini ta’minlaydi: ta’lim oluvchining yuqori motivatsiyaga egaligi; tinglovchi shaxsining ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligi; muloqot qilish qobiliyatlarining shakllanganligi; faoliyatining tanqidiy tahlili asosida o‘zini uzluksiz rivojlantirib borish; masofaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda tinglovchi shaxsining psixofiziologik xususiyatlari, vaqt budjetining e’tiborga olinganligi. Ta’limning fundamentalligi tamoyiliga ko‘ra tinglovchi, o‘quv dasturi mavzularini o‘zlashtirishda ijodiy mazmundagi topshiriqlarni bajarishi talab etiladi. Bu tamoyil ijodiy mazmundagi masofali o‘qitishni asosan ma’lum hajmdagi mazmunini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishni nazarda tutuvchi an’anaviy ta’limdan farqlab turadi. Shuningdek, masofaviy o‘qitishda, aniq faoliyat yo‘li bilan axborotlarni qabul qilishning erkin tanlash tamoyilini ham yuqoridagi tamoyilning davomi sifatida qarash mumkin. Tizimlilik va izchillik tamoyili esa an’anaviy o‘qitishda bilimlar, ko‘nikma va malakalarni ma’lum tizimda, aniq ketma-ketlikda, o‘quv materialining har bir yangi elementini bir-birlari bilan uzviy bog‘liqlikda hamda mantiqiy ketma-ketlikda berilishini taqozo etadi. Masofaviy ta’limda tinglovchining individual ta’lim olish bo‘yicha chiziqli tamoyili shakllanadi. Tinglovchining ta’lim olish jarayonini faollashtirish maqsadida, ta’lim mazmunining bosqichma-bosqich murakkablashib borilishi tizimi shakllantirilgan bo‘lib, u tinglovchining shaxsiy maqsadini aniq belgilashi, mashg‘ulotlarning ustuvor yo‘nalishlari, o‘qitishning shakl va tezkorligini tanlashiga imkoniyat yaratadi. Masofaviy ta’limda o‘quv materiallarining mazmun va murakkablik darajasiga ko‘ra tinglovchi darajasiga mosligi tamoyili tinglovchilarning rejalashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aqliy hamda jismoniy jihatdan ortiqcha yuklanishsiz egallashlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Tinglovchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili masofaviy ta’limni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etib, masofaviy kurslar moduli tuzilishini tinglovchi shaxsining psixofiziologik, psixologik, psixosotsiologik individual xususiyatlarini hisobga olinishini ta’minlaydi. Ko‘rgazmalilik tamoyili — ta’limda shaxsning barcha sezgi organlariga ta’sir qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Masofaviy ta’limda ushbu tamoyil asosan virtuallashtirish texnologiyasi vositasida ta’minlanadi. Xususan, unda videofilmlar, o‘rgatuvchi kompyuter dasturlari, interaktiv texnologiyalardan keng foydalanish nazarda tutiladi. Ko‘rgazmali materiallar hamda multimedia testlaridan foydalanish metodikasi masofaviy ta’limda ko‘rgazmalilik tamoyilining keng tarqalgan muhim vositalari hisoblanadi. Xulosa sifatida quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tish joiz: 1. Masofaviy ta’lim tizimi kadrlarni tayyorlash va ularning malakalarini oshirish hamda ta’lim muassasalarini kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlashda ijobiy samara beradi. 2. Kompyuterlar va tarmoqli telekommunikatsiya texnologiyalarining ta’limda qo‘llanilishi pedagoglar malakasini oshirishda qulay vosita hisoblanadi. 3. O‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida didaktik tamoyillarga amal qilingan holda masofaviy ta’lim shakllaridan foydalaniladi. Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati : www.google.com www.infocom.uz http://uz.infocom.uz/2014/12/28/masofaviy-malaka-oshirishni-tashkil-etishning-didaktik-tamoyillari/ Download 181.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling