Mavzu : matematik iqtisodiy modellar reja makroiqtisodiy modellar


Download 26.88 Kb.
bet4/6
Sana08.01.2022
Hajmi26.88 Kb.
#240853
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAVSHAN TAYYOR - 3

6.Determinlashgan modellar model o'zgaruvchilari orasidagi qat’iy funksional

bog'lanishni taxmin qiladi.

7.Stoxastik modellar izlanayotgan ko'rsatkichga tasodifiy ta’sirni mavjud deb faraz qiladi va ularni tasvirlashga ehtimollar nazariyasi va matematik statistika vositalarini qo’llaydi.

8.Iqtisodiy model Iqtisodchilar turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy model deb atalgan formal tasvirlanishlaridan foydalanishadi. Iqtisodiy modellarga iste’molchilarni tanlash modeli, firmalar modeli, iqtisodiy o’sish modeli, tovarli, faktorli, moliyaviy bozorlarda muvazanat modellari va boshqalarni misol qilib olish mumkin.

Iqtisodiy modellarni tuzish quyidagi bosqichlardan iborat:



  • Tadqiqot maqsadi va predmeti aniq ifodalanadi.

  • Qaralayotgan iqtisodiy tizimda qo'yilgan maqsadga mos keluvchi tuzilishli va funksional elementlaming ichidan eng muhim, sifatlilari ajratib olinadi.

  • Model elementlari orasidagi bog’lanishlar ifodalanadi.

  • Matematik model tuziladi.

  • Matematik model bo’yicha hisob-kitoblar olib boriladi va yechim iqtisodiy tahlil qilinadi.

Iqtisodiy-matematik modellarni (IMM) juda ko’p belgilarga ko’ra sinflarga bo’lish mumkin. Iqtisodiy-matematik modellar mo’ljaliga ko’ra nazariy-analitik hamda amaliy iqtisodiy matematik modellarga bo’linadi. Nazariy-analitik, iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarni eng umumiy qonuniyatlarini tekshirishlarda qo’llaniladi. Amaliy iqtisodiy-matematik modellar esa aniq iqtisodiy tahlil, rejalashlirish, taxminlashtirish (istiqbolni belgilash), boshqarish kabi masalalarni yechishda foydalaniladi. Tashqi muhit bilan aloqasini, hamda ichki parametrlarini va harakteristikalarini aks ettirishiga qarab iqtisodiy matematik modellar strukturali va funksional modellarga bo’linadi. Strukturali IMMlar tizimni ichki tashkiliy qismini aks ettiradi: ya’ni tarkibiy elementlarini, ularni o’zaro aloqalarini, shuningdek tizimga kirish va chiqishlarni ifodalaydi. Bunday modellar murakkab tizimlarni tashkil etish jarayonlarini modellashtirishda qo’llaniladi. Strukturali iqtisodiy-matematik modellarga tarmoqlararo aloqalar modeli misol bo’lishi mumkin. Funksional iqtisodiy matematik modellarni eng muhim mo’ljali ob’ektni mazmunini bilish - aks ettirishdir. Bunday modellarga pul-tovar munosabatlari sharoitida iste’molchilarni xulqi modellari misol bo’la oladi. O’z navbatida hodisalar orasidagi aloqalarni aks ettirish harakteriga ko’ra determenlashgan va stoxostik iqtisodiy matematik modellar bir-biridan farq qiladi. Determenli modellar tarkibida tasodifiy xodisalar - voqealar ishtirok ettirilmaydi. Stoxostik modellarda esa iqtisodiy jarayonlarni rivojlanishiga tasodifiy holatlar, hodisalarni ta’siri o’rganiladi. O’z navbatida vaqt omili-faktorini aks ettirish holatiga ko’ra dinamik iqtisodiy - matematik modellar sinfi va faqat ma’lum bir oraliq davrdan bog’liqlik holatini ifodalovchi statistik IMM sinfi bir - biridan farq qiladi. Bog’lanishlar-aloqalarni aks ettirish shakliga ko’ra modellar chiziqli va chiziqsiz iqtisodiy matematik modellarga bo’linadi. Ammo amaliyotda – iqtisodiyotda juda ko’pchilik bog’lanishlar chiziqsiz bog’lanish harakteriga mos keladi. Shuning uchun bunday holatlarda hamma vaqt ham iqtisodiyotda miqdoriy tahlilni chiziqsiz bog’lanishini chiziqli bog’lanish bilan almashtirish qo’l kelavermaydi, balki har bir holat chuqur va har tomonlama asoslanishi kerak. Iqtisodiy matematik modellar hisobga olinadigan ekzogen (modeldan tashqarida aniqlanadigan) va endogen (model yordamida aniqlanadigan) o’zgaruvchilar bo’yicha ochiq yoki yopiq modellarga bo’linadi. Biroq ekzogen o’zgaruvchilar hisobga olinmaydigan yopiq IMM juda kam onda - sonda uchraydi. Ko’pchilik IMM ochiq yoki juda kam hollarda yopiq modellarga xos bo’ladi. Axborotlarni agregatlanganligi (bir necha turlari, qismlaridan iboratligi) murakkabligi darajasiga ko’ra murakkab va batafsil IMMga bo’linadi, ya’ni yuqori darajali batafsillashgan jarayonlarni aks ettiruvchi IMMga “Mikromodel” va xalq xo’jaligini murakkab modellarini «Makromodel»lar deb ataladi. Modellashtirish ob’ektiga yondashish bo’yicha normativ va diskret IMMlar bir - biridan farq qiladi. Normativ IMM maqsadli jarayonlarni tartibli boshqarishni aks ettiradi. Diskret modellar esa faqat kuzatilayotgan omillar - faktorlarni ta’sirini aks ettiradi, ifodalaydi. Normativ modellarga xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanishi imkoniyatlari va vositalarini aks ettiruvchi modellar misol bo’la oladi. Diskret modellarga misol sifatida harid funksiyasi, ishlab chiqarish funksiyalarini misol keltirish mumkin. Umuman yakun qilib aytganda matematik usullar bilan iqtisodiy tekshirishlar o’tkazish jarayonida IMMni yangi turlari va ularni sinflarga bo’lish va integratsiyalashni yangi belgilari paydo bo’lishi muqarrardir.


Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling