Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


Download 290.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana20.12.2022
Hajmi290.97 Kb.
#1036379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-amaliy fiziologiya



MAVZU: O’QUVSHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK 
BAHOLASH 
Talaba va o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos kelavermaydi. O‘sish va 
rivojlanish to‘lqinsimon boradi.Maktab o‘quvchi- si,kollej, litsey talabalarining normal o‘sishi va 
rivojlanishi haqida ko‘pgina son va sifat ko‘rsatkichlarni aniqlab so‘ng aniq xulosaga kelish 
mumkin. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari 
tushuniladi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari orasida antropometrik ko‘rsatkichlar 
(somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy o‘rinni egallaydi.Somatometrik o‘lchamlarga 
bo‘yning balandligi,ko‘krak qafasi aylanasi,bosh aylanasi,vazn o‘lchovlari kiradi.Somotoskopiya 
(tashqi kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, oyoqlar 
shakli va tananing boshqa qismlari asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.Fiziometriya,bunda 
o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi muskullar kuchi o‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish 
ma’lumotlari ma’lum yoshdagi ko‘p odamlarda o‘tkazilib,fiziologlar tuzgan jadvallarga 
solishtirilgan holda olib boriladi. Bunday jadvallarda o‘rta ma’lumotlar keltirilgan. 
Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qo‘l dinomometri, 
spirt, paxta . 
Ishning borishi:SOMATOMETRIYA 
1. Bo‘yning o‘lchami (sm). Bo‘yning balandligi, rostomer-bo‘y o‘lchash asbobi yordamida 
o‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, 
dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bo‘y rostomer shkalasining 
chap qismidan aniqlanadi. 
O‘tirgan holda o‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi 
kerak. O‘tirgan holda odamning bo‘yi rostomerning o‘ng tomonidan o‘lchanadi. 
2.Ko‘krak qafasi aylanasi. Ko‘krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal nafas olganda, 
nafas chiqarganda va pauzada o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qo‘llarini yonga ochib turadi. 
Erkaklarda ko‘krak aylanasi o‘lchanganda (sm) lenta kurakning pastki uchiga va ko‘krak bezini 
o‘rtasiga qo‘yiladi.Ayollarda ko‘krakning yuqori qismidan aylantirib o‘lchanadi. 
2. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib o‘lchanadi. 
4. Vazn tibbiyot tarozisida o‘lchanadi. 

Download 290.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling