Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH


Download 290,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana20.12.2022
Hajmi290,97 Kb.
#1036379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-amaliy fiziologiya

MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH. 
Nerv hujayrasi va uning o‘simtalari, ya’ni neyron yuksak darajada rivojlangan organizmlar 
nerv to‘qimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra 
asosan 3 tipga bo‘linadi: 
Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga o‘tkazuvchi afferent, ya’ni sezuvchi neyronlar; 
1) Impulsni harakatlanayotgan a’zoga, ya’ni effektorga o‘tkazuvchi efferent, ya’ni 
harakatlantirish neyronlari; 
2) Qo‘zg‘alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tkazuvchi oraliq 
neyronlardan tuzilgan. 
Ichki va tashqi ta’sirga organizmning markaziy nerv sistemasi orqali beradigan javobi refleks 
deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan aniq, nozik bog‘lanishi va organizm 
ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat qilish reaksiyasi bo‘lib , uning biologik axamiyati 
ana shunda. 
Markaziy nerv sistemasining barcha bo‘limlari, xatto bosh miya yarim sharlari xam refleks 
prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bo‘lishida qo‘zg‘alish o‘tadigan yo‘l refleks yoyi deb 
ataladi. Ta’sirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning ketma-ket qo‘zg‘alishidan iborat. 


Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan. 
1) retseptorlar; 
2) afferent zveno (afferent neyron); 
3) markaziy zveno (oraliq nerv hujayralari); 
4) efferent zveno (efferent neyron); 
5) effektor organ (efferent neyron); 
Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki fiziologik jihatdan buzilsa, refleks hosil 
bo‘lmaydi..
Ish uchun zarur asbob va reaktivlar:
Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 kislotaning 0,5 va 1% 
li eritmasi, 1% li novokain, suv, baqa. 
Ishni bajarish tartibi. Buning uchun:
1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag‘idan shtativ ilmog‘iga osib qo‘yiladi. Kichik 
stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog‘i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u 
oyog‘ini tortib oladi. Demak, u ta’sirga javob berdi. So‘ngra boldir terisini xalqa shaklida kesib 
shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o‘tgach, baqaning o‘sha oyog‘iga 0,5% li NS1 kislota bilan yana 
ta’sir etiladi. Lekin bu safar u oyog‘ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining 
bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog‘iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir 
etilsa, baqaning faqat shu oyog‘igina emas, balki ikkinchi oyog‘i va butun tanasi harakatga keladi. 
2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko‘rgandan keyin, uning bir oyog‘i 
sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan 
ip o‘tkazib olinadi. So‘ngra shu oyog‘i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa xam u qisqarmaydi, 
ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bo‘lmaydi. Buni shu nervga novokain 
ta’sir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda o‘tirg‘ich nervi novokain ta’sirida 1—2 minutda 
sezuvchanligini yo‘qotadi. 
3. Orqa miya kanaliga maxsus sim-finder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning 
oyog‘i kislotaga tegizilsa ham refleks xosil bo‘lmaydi 

Download 290,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling