Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash


Download 290.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana20.12.2022
Hajmi290.97 Kb.
#1036379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-amaliy fiziologiya

Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. 
Bolalarda oliy nerv foaliyatining tipini aniqlash. 
Maqsad: o‘quvchilar tempramentini G.Y.Ayzenk testi orqali aniqlash va ularga individual 
yondashishi ko‘nikmalarini hosil qilish.
O‘quv jihozlari: G.Y.Ayzenk testi, oliy nerv faoliyati – temperamentlar haqidagi ma’lumotlar. 
Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi
Sangvinik: Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt 
qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Diqqatini tez bir joyga 
to‘playdi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, 
yangi is 
hlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarini ixtiyorsiz 
harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, 
topqir. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. Yangi sharoitga 
osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. 
Xolerik: O‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, bexalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan 
munosabatda keskin va shartaki. Muammoni yechimini topa oladigan, bir maromda 
ishlamaydigan, tavakkalchi. Zo‘r qatiylikka ega, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. 
Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa. 
Flegmatik: Hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish 
qiyin. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini 
buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g‘ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o‘zini tuta 
bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. 
Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga 
qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. 
Melanxolik: Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda 
arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, 
ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy 
emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.

Download 290.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling