Shuhratning "Oltin zanglamas" asari talqini


Download 43.71 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi43.71 Kb.
#1491920
  1   2
Bog'liq
Shuhrat Oltin zanglamas asarini talqini 6


Shuhratning “Oltin zanglamas” asari talqini
Mundarija
Kirish
Asosiy qism:
I bob. XX asr o’zbek adabiyotida Shuhrat ijodining o’rni
1.1.Shuhrat hayoti va ijodi
1.2.Adib ijodida an’ana va novatorlik
II bob. “Oltin zanglamas” asarining Shuhrat ijodida tutgan o’rni
2.1. “Oltin zanglamas” asarida qahramon ruhiyati tasviri
2.2.Romanda ijodkor uslubi va badiiy mahorat masalalari

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar



Kirish
Shuhratning “Oltin zanglamas” asari 1967-yil yozilgan bo‘lib, romanda maʼrifat sohibi ‒ oʻqituvchi degan sharafli kasb ulugʻlanib, dunyoda yaxshi insonlar ham, yomon insonlar ham bor ekanligini hamda odamiylik, insoniy fazilatlar, insonga bo‘lgan hasad, havas, sof muhabbat va buyuk ona mehri yoritilgan. Va asarda juda ko‘p xalq maqollaridan unumli va samarali foydalanilgan. Adib birinchi navbatda, jamiyatda o‘qituvchining qadri, salohiyati, maktabda va jamiyatdagi o‘rnini oqlaydi va shunga qaramasdan, yomon insonlarga ham urg‘u beradi. Adib qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilatlari, mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabrbardoshini ko‘rsatadi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi, qalbiga jiddiy ta’sir qiladi.
Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning dialoglari, shuningdek, o‘quvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy va samimiyligi bilan ajralib turadi. “Oltin zanglamas” asarini o‘qir ekansiz, asar boshidan shahar qizi va qishloqdan kelgan sodda yigitining muhabbat tasviri, maktab davrlari, urush yillari va Sodiqjonning jasoratlari, ona matonati, vafoli yor hamda tirnoqqa zor oila, aka va uka munosabatlari, ikkiyuzlamachi insonlar, sadoqatli do‘stlar tasvirlarini o‘qib kitobni qo‘lingizdan qo‘ymaysiz; asarning keyingi voqealari bilan qiziqaverasiz. Asar boshida Qodirjon va Azizaning muhabbat tarixini o‘qib inson zavqlanadi, menda ham shunaqa sevgi uchrarmikan deb yuragiga tugadi. Aziza misolida adibimiz ayollar va qizlarimiz matonati, bergan ahdida tura olishini isbotlab berganday go‘yo. Qodir atlas ko‘ylakning olovidan bag‘riga tushgan uchquni kul bosgandek bo‘ldi. U muhabbat girdobiga ilk bora tushgan edi va uning fikr-o‘yi, shamol shopirgan o‘sha atlas ko‘ylak qatiga o‘ralib ketgan edi. Oyisi bahorda, qizil gul saylida tuqqanmi, buncha kulishi chiroyli, bo‘lmasa” deb qo‘ydi o‘zicha. Qodir ishq sharobidan mast bo‘lgan Mashrabday Azizaning janon piyola jarangidek ovoziga maftunkor ko‘zlariga oshiq bo‘lgan edi. O‘tli muhabbat urush davrida ham ularni tark etmadi. Qodir urushga ketgan vaqtda Aziza ham front kasalxonalaridan biriga borib o‘z burchini ado etdi. Va urushdan so‘ng baxtiyor oila tasvirini yoritib bera olgan. Asarda shu muhabbat qissasi bilan muhabbat degan tushunchaga ta’rif berib ketilgan. Adib asarda “tirnoqqa zor oila” tasvirini keltiradi. “Ular sevishib, sinashib turmush qurgan, Sodiqqa qanchalik qiyin bo‘lmasin lekin buni xotiniga bildirmaslikka urinar edi”. Lekin Jannat esa pana-pana joyga borib yig‘lar edi.

Download 43.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling