Mavzu : Sport maktablari xarajatlarini rivojlantirish va moliyalashtirish. Reja. Kirish


Download 46.92 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi46.92 Kb.
#1633397
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sarvar 2222

Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya instruktorlari, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalarining kafedra mudirlari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlarni, olimpiya zaxiralari kollejlari, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlari va trenerlarini hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni (keyingi o‘rinlarda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar deb ataladi) qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va qisqa muddatli maxsus kurslarni tashkil etish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, sport ta’lim tizimini ilmiy-metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan, sport ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
sport ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish, filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy sport ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, sportchilarni tayyorlashning barcha darajalarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilmiy-metodik ta’minlashni, jismoniy tarbiya va sport faoliyati bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va ta’lim muassasasi hisoblanadi;
filiallar Markazning yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi;
Markaz va filiallar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar har yili 15-noyabrga qadar ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga ko‘ra malaka oshirish kurslaridan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etib borsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’lim markazi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari hamda Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda kelgusida faoliyati tugatilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunar kollejlarining bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, o‘quv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga operativ boshqarish huquqi bilan Markazning Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlari filiallariga bepul berilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:
filiallarning ustavlari tasdiqlanishi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
tanlov asosida Markaz va filiallarni yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Markaz va filiallarda ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, professor-o‘qituvchilarga pedagogik yuklama hajmini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2018-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz va filiallar faoliyati hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarning “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019-yildan boshlab esa ushbu xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin;
Markazga 3 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniya tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Markaz va filiallarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini 2019-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.

Download 46.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling