Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimlarini elektron boshqarish


Download 0.58 Mb.
bet4/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8

8.4. Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimlarini elektron boshqarish
8.4.1. Umumiy ma’lumotlar
Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimlarining asosiy vazifasi avariya vaziyatlarni yuzaga kelishini oldini olishdir. Bunday vaziyat yuzaga kelganda tizim mustaqil ravishda (haydovchining ishtirokisiz) xavf ehtimolini baholaydi va zarurat bo‘yicha avtomobilning boshqaruv jarayoniga faol aralashib, uni bartaraf qiladi.
Aktiv xavfsizlik tizimi turli kritik vaziyatlarda avtomobil ustidan nazoratni yoki boshqacha qilib aytganda avtomobilning harakat barqarorligi va boshqaruvchanligini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Avtomobilni sirpanib surilib va to‘ntarilib ketishga olib keladigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatib, uni belgilangan traektoriya bo‘ylab harakatini saqlab qolish xususiyati harakat barqarorligi deb yuritiladi. Boshqaruvchanlik – bu avtomobilni haydovchi belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanish qobiliyatidir.
Hozirga kunda eng ko‘p tatbiq topgan aktiv xavfsizlik tizimlariga quyidagilar kiradi:

Qayd qilingan aktiv xavfsizlik tizimlar avtomobilning tormoz tizimi bilan konstruktiv bog‘langan va yaqindan hamkorlikda ishlab, uni samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bir qator tizimlar burovchi moment kattaligiga dvigatelni boshqarish tizimi orqali ta’sir qilishi mumkin.
Shuningdek, yordamchi aktiv xavfsizlik tizimlari (assistentlar) ham mavjud bo‘lib, ular haydash qiyin bo‘lgan vaziyatlarda haydovchiga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Haydovchini xavf ehtimoli haqida o‘z vaqtida ogohlantirish bilan birga, tizim avtomobilni boshqarish jarayoniga faol aralashadi va bunda tormoz tizimi va rul boshqarmasidan foydalanadi. Bu tizimlarning ko‘pligi va paydo bo‘lishda davom etishi elektron boshqarish tizimlarini jadal rivojlanishi bilan bog‘liq.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling