Mavzu №8: Avtomobilning elektron boshqarish


Avtomobillarning antiblokirovkali tormoz tizimi


Download 0.58 Mb.
bet5/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1353973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8

8.4.2.Avtomobillarning antiblokirovkali tormoz tizimi
Avtomobil shoshilinch (favqulodda) tormozlanganda uning bitta yoki bir nechta g‘ildiragi blokirovkalanib qolishi mumkin. Bu holda g‘ildirakni yo‘l bilan ilashish kuchining barcha zaxirasi bo‘ylama yo‘nalishda ishlatiladi. Bloklangan g‘ildirak, avtomobilni harakat yo‘nalishida ushlab turuvchi yonlama kuchlarni qabul qilishdan to‘xtaydi va u yo‘l qoplamasida sirpana boshlaydi. Avtomobil boshqaruvni yo‘qotadi va hattoki zarracha yonlama kuchlanish uni sirpanib surilishiga olib keladi.
Antiblokirovkali tormoz tizimi (ABS, Antilock Brake System) tormozlanish jarayonida g‘ildiraklarni blokirovka bo‘lishini oldini olish va avtomobilning boshqaruvchanligini saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Antiblokirovkali tizim tormozlash samarasini oshiradi, quruq va ho‘l qoplamalarda tormoz yo‘lini kamay-tiradi, shoshilinch tormozlashda sirpanchiq yo‘llarda yaxshi boshqaruvchanlikni ta’minlaydi. Tizimning ijobiy xususiyatlari sirasiga shinalarni kam va bir tekisda yeyilishini ham kiritsa bo‘ladi.
Shu bilan birga ABS tizimi kamchiliklardan ham holi emas. Antiblokirovkali tormoz tizimini yumshoq yuzalarda (qum, shag‘al, qor) ishlatish tormoz yo‘lini oshiradi. Bunday yuzalarda aynan bloklanib qolgan g‘ildiraklar tormoz yo‘lini eng kichik bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda, har bir g‘ildirak oldida ponasimon yer uyumi hosil bo‘lib, tormoz yo‘lini qisqartiradi. Zamonaviy ABS larning konstruksiyasida bu kamchilik deyarli bartaraf qilingan. Tizim avtomatik tarzda yuzani tavsifini aniqlaydi va har biri uchun o‘zining tormozlash algoritmini ishga tushiradi.
Antiblokirovkali tormoz tizimi 1978 yildan tatbiq topa boshlagan. O‘tgan davr davomida tizimga ancha jiddiy o‘zgarishlar kiritildi. ABS asosida tormoz kuchlanishlarini taqsimlash tizimi ishlab chiqildi. 1985 yildan esa ABS shataksirashga qarshi tizim bilan to‘ldirildi. 2004 yildan yevropada ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar antiblokirovkali tormoz tizimi bilan jihozlanmoqda.
Dunyoda antiblokirovkali tormoz tizimlarini ishlab chiqarishda Bosch (Germaniya) firmasi yetakchi hisoblanadi. 2010 yildan kompaniya vazni va o‘lchamlari juda kichikligi bilan taviflanadigan ABS tizimining 9-chi avlodini chiqarmoqda. Masalan, tizim gidravlik blokining og‘irligi atigi 1.1 kg ni tashkil qiladi. ABS tizimi avtomobilning an’anaviy tormoz tizimiga, uning konstruksiyasiga hech qanday o‘zgartirish kiritmasdan o‘rnatiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling