Mavzu: Arxiv hujjatlaridan foydalanish


Komplektlash-bu arxivni doimo uni profiliga mos hujjatlar bilan to‘ldirib borishdir


Download 336.29 Kb.
bet3/9
Sana20.09.2023
Hajmi336.29 Kb.
#1683045
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek musiqa tarixi slayd

Komplektlash-bu arxivni doimo uni profiliga mos hujjatlar bilan to‘ldirib borishdir.
Arxiv profili deganda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini belgilari bo‘yicha klassifikatsiyasini belgilaydigan arxiv uchun belgilangan hujjatlar tarkibi tushuniladi.
Komplektlashning asosiy maqsadi xar bir arxiv soxasiga ko‘ra hujjatlarni ko‘proq to‘plash hisoblanadi. Arxivlarni komplektlashni manbai bo‘lib, tashkilotlar, jismoniy shaxslar hisoblanib, ularni faoliyati natijasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi shakllanadi. Bu hujjatlar arxivlarga majburiy yoki shartnoma asosida doimiy saqlash uchun topshiriladi. Arxivlarni komplektlash yuridik va jismoniy shaxslarni ro`yxatlari asosida amalga oshiriladi.
Komplektlash manbalari-o‘z hujjatlarini davlat va tashkilot arxiviga topshiruvchi tashkilot yoki shaxs hisoblanadi. Komplektlash manbalari davlat yoki nodavlat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Komplektlashni amalga oshirish.
Hujjatlarni tashkilot arxiviga saqlashga topshirish.
Tashkiliy tuzilmalarni hujjatlari ishlatib bo‘lingandan so‘ng saqlash uchun tashkilot arxiviga topshiriladi.
Tashkilot arxivlariga ish yuritishdan to‘xtagan va shaxsiy tarkib hujjatlari 10 yildan oshiq muddatga saqlash uchun topshiriladi. Tashkilot arxivlariga hujjatlarni topshirish tashkiliy tuzilmada tuzilgan ro`yxat asosida amalga oshiriladi.
Quyida tashkilot arxivida saqlanadigan hujjatlarni saqlanish muddati ko‘rsatilgan:
Fuqarolik xolatlarini yozish dalolatnomasi;
hujjatlar shaxsiy tarkib bo‘yicha;
notarial xarakatlarni yozuvi va sud ishlari;
xo‘jalik kitoblari 75 yil;
ilmiy, texnologik, patent hujjatlari -10 yil;
konstruktorlik hujjatlari-15 yil;
kapital qurilish bo‘yicha loyixa hujjatlari-25 yil;
telemetrik hujjatlar-5 yil
kino, video, foto, video-fotohujjatlar-3 yil
fotohujjatlar-3 yil;
mashina axborot tashuvchilardagi hujjatlar -5 yil.

Download 336.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling