Mavzu: Axborot xavfsizligining keng tarqalgan tizimlari. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar. Virus va antiviruslar tasnifi. Antiviruslar, ularning xususiyatlari Reja


Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo‘llari quyidagilardir


Download 22.04 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi22.04 Kb.
#219171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo‘llari quyidagilardir:

1. Disketlar orqali.

2. Kompyuter tarmoqlari orqali.

3. Boshqa yo‘llar yo‘q.

Axborot tizimlari va tarmoqlar uchun eng katta xavf tug‘diruvchi xatarlardan biri – bu viruslardir.

Aslida biz viruslar deb atashga o‘rganib qolgan dasturlarni to‘rtta toifaga ajratish mumkin:

- mantiqiy bombalar;

- chuvalchanglar;

- troyan otlari;

- kompyuter viruslari.



Mantiqiy bomba – bu kompyuter xotirasida doimo mavjud bo‘lsada, biror shart bajarilmaguncha ishga tushmaydigan zararkunanda dastur yoki uning bo‘lagidir. Masalan, biror sanada tanasida shu dasturni ko‘tarib yurgan faylga tayin son marta murojaat etilganda (aytaylik 50 marta), kompyuter ma’lum bir rejimda ishlashga o‘tishi va hokazo holatlarda ishga tushadigan zararkunanda dastur. Chuvalchanglar boshqa fayllar tanasiga yashirinmay, tarmoq muhitida ”sayr” qiladilar. Ular esa kompyuter ishga tushishi bilan faollashadigan va kompyuter xotirasi, tizim yoki tarmoq xududida harakatlana oladigan, o‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan dasturlardir. 1988 yili Robert T.Morris eng mashhur internet– chuvalchangni yaratdi. U 6000 kompyuter–internet serverlaridan 10% ini ishdan chiqardi. Bir kompyuterdagi bunday chuvalchang tarmoq orqali boshqasiga bir necha xil usul bilan o‘tishga harakat qilar va kompyuter ishini buzar edi. Pretty Park chuvalchangi pochta orqali sayohat qiladi, xatto IRC (odamlarning bir-birlari bilan Internet orqali muloqot qilishlariga imkon beruvchi Internet-suhbat protokoliga xizmat ko'rsatuvchi server) serveriga ham kirib chatlar orqali ko‘payishga harakat qiladi. Troyan otlari deb iste’molchilar uchun mo‘ljallangan dasturlar tanasiga kirib olib, shu dastur bilan birga ishga tushadigan zararli dasturlarga aytiladi (tarixda Troya shahrini egallay olmagan bosqinchilar shahar darvozasi oldida kattakon yog‘och ot qoldirib chekinadilar. Shahar aholisi bu otni tan berish timsoli deb qabul qilib shaharga olib kiradilar. Tunda ot qorniga yashiringan bir necha bosqinchi tashqariga chiqib, darvoza qorovullarini o‘ldirib darvozani ochadilar. Yashirincha qaytib kelib devor ortida kutayotgan bosqinchilar ichkariga kirib shaharni egallaydilar). Inson tanasida uchraydigan viruslar RNK yoki DNKli oqsil qobig‘i ko‘rinishida inson xujayralaridagina ko‘payadi, agar boshqa muhitga tushib qolsa o‘ladi. Kompyuter viruslari ham faqat o‘z muhitidagina faollashadi. Ular biror yo‘l bilan kompyuter xotirasiga kirib olgach, o‘z-o‘zini ko‘paytirish va kompyuter ishiga xalaqit berish bilan shug‘ullanuvchi dasturlardir. 2001 yilning o‘zida ular keltirgan zarar 13 milliarddan oshib ketgan («Code Red», «Goner» va «Qaz» kabi yangi oqim viruslari – Computer Economics). Bu ”gibrid tahdidlar” xakerlik usullari va virus texnikasining qo‘shilmasi bo‘lib, ular keyinchalik yana murojaat eta olish uchun zararlangan kompyuterlarda ”lyuk”, ya’ni teshiklar qoldiradilar va xizmat ko‘rsatishga raddiya beruvchi xujumlar uyushtiradilar. Kompyuter xavfsizligi mutaxassislari Klez nomli internet chuvalchangini 2002 ”yil virusi” deb atadilar. Antivirus ishlab chiqaruvchi Sophos kompaniyasi ta’kidlashicha, u zafar quchgan davrida jahondagi har 169 xatdan biriga qo‘shilib sayohat qilgan. Birinchi virusni esa 1983 yil Fred Koen (Fred Cohen) ismli talaba yaratgan. Hozirgi kunda viruslar soni 100 000 ga yaqin. Viruslarni qiladigan zarari ko‘rinishiga qarab uch sinfgafayl viruslari, operatsion tizimlarni yuklovchi (ishga tushiruvchi) sektorlarga ziyon yetkazuvchi va makroviruslarga bo‘lish mumkin.


Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling