Mavzu: Axloqiy tarbiya nazariyasida shaxs va jamoa haqidagi ta’limot Reja


Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar


Download 21.66 Kb.
bet4/4
Sana22.02.2023
Hajmi21.66 Kb.
#1221173
1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy tarbiya nazariyasida shaxs va jamoa haqidagi ta’limot

4.Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar:
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma'lum shart-sharoitlar zarur.
-Bog'cha xodmlarining aql jamoasi mavjud bo'lishi
- Bolalar xayotini to'g'ri tashkil etish
- O'yinchoqlarning bolalar yoshiga qiziqishiga mos kelishi
Bolalarda o'zaro axillik, g'amhurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg'ulotlar
- har hil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish
- Oila bilan mustaxkam aloqa o'rnatish.
- Bolalarni ahloq norialari va qoidalarga o'rgatib borish
- Bolalar muassasalarida ijobiy hayrxoxlik muxitini yaratish har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlariga raxbarlik qilish «Bolalar bog'chasida ta'lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan dasturda xar bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib keladi.
Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina emas, balki el-yurtga xizmat qilish, vatanimiz gullab-yashnashi va uning qudratini oshirish hamdir.
Barcha tirik mavjudod nimanidir is'temol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Erda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, suv ostida yashovchi jonvorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydi. Mehnat jarayonidagi tirik jonzodlar hayoti sermazmun farovon bo'ladi. “Ozod” deya atalmish buyuk mavjudod mehnat qilish jarayonida o'z sog'lig'ini mustahkamlaydi. obro'-e'tiborga erishadi va o'z kelajagini yaratadi. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelishgan. Bunga ajdodlarimizdan me'ros bo'lib qolgan ilmiy badiiy kitoblar, me'morchilik obidalari, san'at asarlarining barchasi shu mehnatning mahsulidir.
X asrning oxiri XI asrning boshlarida yashab ijod etgan Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etgan. U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo'lgan. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm-ahli olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixox bo'lishga chaqirgan. Ularni ma'rifat tarqauvchilar deb biladi. SHu bilan birga og'ir mehnat qiluvchilar konchilar, dehqonlar haqida gapirib, ular mehnatini rag'batlantirib turish kerak deydi.
Olim bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yoʻllari haqida fikr yuritadi. Bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o'rgatish kerak deydi.
Beryniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun ilmli bo'lishi ham kerak degan g'oyani ilgari suradi.
Buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tamonlama kamol toptirishini yuksak ko'tarinki ruh Bilan ifoda etgan. Yosh avlodni sidqi dildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan.
Sharqning buyuk marifatparvarlari yosh avlodni mehnat ta'limi va tarbiyasi masalalariga alohida e'tibor berganlar. Ular o'z asarlarida yosh avlodni qiziquvchanlik, tejamkorlik, do'stlik-odamiylik kabi insoniy fazilatlar faqat mehnat orqaligina vujudga kelishini g'oyatda ta'sirchan ifoda etganlar.
O'zbek ma'rifatparvarlarning namoyondasi Abdulla Avloniyo yoshlarning biror kasb Bilan mashg'ul bo'lishini birinchi galdagi muhim ish deb hisoblagan. Turkiy guliston yoxud axloqs asarida dangasalik, yalqovlikni qoralab, xarakatchanlikni ulug'lab shunday yozgan: «Sihatimiz, saodatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatlarimiz, butun hayotimiz xarakatimizga bog'liq. Harakatsiz kishilar har narsadan mahrum, doim boshqalarning yordamiga muhtoj bo'lib qolurlar. SHuning uchun bolalarni hunar o'rganishga chaqirib, kishilarni biror kasb bilan shug'ullanishga undab, yoshlar» - bu ko'mirchilik, bu temirchilik menga munosib ish emas, deb dangasalik qilib, ishsiz yursa ezo'ro ayib hisoblanishini uqtirgan”.
Yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalqimiz tomonidan yaratilgan mehnatni ulug'lovchi maqollarning o'mi beqiyos. O'zbek xalq maqollarida mehnat tufayli inson o'z baxtini topishi mumkinligiga mehnat orqali saodatga erishish kaliti ekanlik g'oyasi birinchi o'rinda turadi: Halol mehnat - yaxshi odat, Berur senga saodat.
Mehnatli non shakar, Mehnatsiz non- zahar. Uzoq umrning siri mehnatda. Mehnat shaxsini har tomonlama kamol toptirishning asosiy omilidir. SHuning uchun har bir bola maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnat jarayonida imtirok etishi kerak. Bolalar bog'chasida, oilada bajariladigan, murakkab bo'lmagan har bir topshiriq bolaning kundalik vazifasiga aylanishi lozim.
Bola mehnatning ahamiyatini, mohiyatini tushunib etishi uchun tarbiyachi kattalar mehnati, bolalarning o'zlari bajaridigan mehnat turlarini kuzatish bo'yicha ekskursiyalar uyushtiradi.
Quruvchilar mehnatini kuzatish jarayonida bolalar g'isht teruvchining. bo'yoqchi, duradgoming mehnati bilan tanishadi. Bolalar qurish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko'zi oldida ajoyib bino barpo etgan kishilar mehnatining go'zalligi namoyon bo'ladi.
Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, ijodkorlik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar qog'ozlarn buklash, shakllarni qirqib olish kabi xarakatlarni bajaradilar va bir qancha yangi atamalar bilan boyitadilar. Bu jarayon bolani nutqini yangi so'zlar bilan boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Barkamol avlod O'zbikiston taraqqiyotining poydevori"- Toshkent: Sharq, 1997-65b.


2. Karimov LA “Yuksak m'naviyat yingilmas kuch". Toshkent: O'zbekiston 2008. 202 b.
3. Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y.
4.A. Avloniy "Turkay Guluston yohud ahloq (nashirga tayyorlovchi Hollgov L.) Toshkent: O'qituvchi, 1992. 160b.
5. Sh. Shodmonov, M. Halimov, N. Fayzullayeva. Tarbiyaviy ishlar uslublari. T.2008y.
Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling