Mavzu: Bilish nazariyasi. Axloqiy qadriyatlar


Download 119.99 Kb.
bet5/13
Sana26.03.2023
Hajmi119.99 Kb.
#1296222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

  • Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sostiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan.
  • Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga.
  • Sostiologizm insonning ijtimoiy xususiyatlariga.
  • Psixologizm esa, ma’naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi

Shaxs

  • Shaxs o‘zida sostial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi.
  • Kishilar shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo‘lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi.
  • Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘ladi.
  • O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yuksak mas’uliyatni his etish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir.
  • Shaxs mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir.

Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan bog‘laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biror-bir xususiyatga alohida urg‘u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan.

  • Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan bog‘laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biror-bir xususiyatga alohida urg‘u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan.
  • Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan.
  • Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig‘inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o‘zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos.
  • Inson tabiati — g‘oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko‘taradi.
  • Insonni o‘rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.

Download 119.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling