Mavzu: Bilish nazariyasi. Axloqiy qadriyatlar


Download 119.99 Kb.
bet1/13
Sana26.03.2023
Hajmi119.99 Kb.
#1296222
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

Mavzu:Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

Reja:

1. Bilish va uning turlari.Haqiqatning asosiy shakllari va kontseptsiyalar

2. Mantiq bilish nazariyasining tadqiqot оb'ekti Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi.Tushuncha va hukm. Xulosa chiqarish

3. Jamiyat va inson falsafasi.Jamiyat tushunchasi va uning falsafiy mohiyati .Ongning tabiati, struktasi va funktsiyalari

4. Estetika nazariyasi

5. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot.Global korruptsiya ijtimoiy –madaniy Inqiroz oqibati

Bilish va bilim.

  • Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida evropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
  • Buyuk nemis faylasufi I.Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi.

Bilish nima?

  • Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir.
  • Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi.
  • Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

  • Hozirgi zamon g‘arb sostiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi.
  • Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
  • . Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Download 119.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling