Mavzu: Bilish nazariyasi. Axloqiy qadriyatlar


Download 119.99 Kb.
bet4/13
Sana26.03.2023
Hajmi119.99 Kb.
#1296222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

Ayniyat

  • Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir-biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi.

Mantiq

  • « Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega.
  • Uning ko‘p ma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda),
  • ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan «sub’ektiv mantiq» iborasida), va nihoyat,
  • uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi
  • Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir.
  • . 2. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.

Inson — falsafaning bosh mavzusi.

  • Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi
  • Suqrotning «O‘zligingni bil» degan hikmatli so‘zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi.
  • Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G’ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan.
  • Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
  • Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot.
  • Inson boshqa mavjudotlardan sostial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, bilim, ong, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta’qiqlash) shular jumlasidandir.

  • Download 119.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling