Haqiqat - Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
- Haqiqat o‘zining mazmuniga ko‘ra mutlaq va nisbiy bo‘lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo‘lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.
- Haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq emasdir.
- Masalan, O‘zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo‘ladi va o‘z qadrini yo‘qotadi.
- SHuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel so‘zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‘lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Metod. Metodologiya - Metod keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi.Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega – faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi; tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
- Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir.
- Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat.
- Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin.
Sinergetika - Hozirgi zamon fanida sinergetika keng qo‘llanilmoqda.Sinergetika yunoncha so‘z bo‘lib, kelishuv,hamkorlik, o‘zaro ta’sir degan ma’nolarni bildiradi.German Xxakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi.
- Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o‘zaro bir –biriga o‘tishini tasdiqlaydi.U biz yashayotgan makrosistemalar qanday paydo bo‘lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi
- Sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkiletishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma – ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |