Mavzu: Bilish nazariyasi. Axloqiy qadriyatlar


Download 119.99 Kb.
bet2/13
Sana26.03.2023
Hajmi119.99 Kb.
#1296222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bilish nazariyasi.Axloqiy qadriyatlar

Bilish ob’ekti

  • Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi.
  • Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin.
  • Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi.
  • Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi

Bilish sub’ekti.

  • Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi.
  • Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir.
  • Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin.
  • Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.

Bilishning maqsadi

  • ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir.
  • Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.

Bilish predmeti

  • sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi.
  • Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir.
  • Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.

Bilish darajalari

  • Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin.
  • Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo‘lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi
  • Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to‘g‘risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
  • Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (rastional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi
  • Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
  • Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo‘lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi
  • Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo‘lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo‘lishi ham mumkin.
  • Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona bilishdir. O‘zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag‘ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g‘oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, echimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog‘liqdir.
  • Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o‘rin egallab keldi. Har bir fan o‘ziga xos bilish usullaridan foydalanadi
  • Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
  • Ilmiy bilish metodlarini o‘rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi.

Download 119.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling