Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi


Substansiya tushunchasining mohiyati


Download 64.47 Kb.
bet9/22
Sana02.05.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1423336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
2-Mavzu.

Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma’noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta o‘zgargan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
In’ikos tushunchasi. Olamga in’ikos ettirish xususiyati xosligi to‘g‘risidagi masala doimo muhim va dolzarb bo‘lib kelgan. Atomlar hamda elektronlardan tashkil topgan materiya qanday qilib va nima uchun, rivojlanishning qaysi bosqichida o‘z borlig‘ini anglab, o‘ziga xos in’ikos kasb eta boshlaydi?
makon – narsalarning ko‘lamliligi va o‘zaro joylashuvini tavsiflovchi munosabatlar tizimi,
vaqt – jarayonlarning davomliligi va ketma-ketligini tavsiflovchi munosabatlar tizimini ifodalaydi.
Makon va vaqt nuqtai nazaridan tavsiflaganda har qanday hodisa makon va vaqt «qobirg‘alari» bilan ularni to‘ldiruvchi «et»ning birligi sifatida amal qiladi. Ammo bilish jarayonida bu birlik «ikkilanadi»: «qobirg‘a» «et»dan ajratiladi. Natijada «bo‘sh» makon va uni to‘ldiruvchi muhit haqida (a rasm)«o‘z holicha» oquvchi «sof» vaqt va unda yuz beruvchi o‘zgarishlar haqida(b rasm) tasavvurlar paydo bo‘ladi.



Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling