Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Download 0.93 Mb.
bet4/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Har bir xalqning ta’lim –tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o’z farzandini barkamol bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farzandlar kamoli – ota-ona jamoli” degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an’ana sifatida avloddan-avlodga o’tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o’zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o’ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnoMuzey aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.

Shu ma’noda hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning samaradorligi ta`lim, shaxs ma`naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonunida salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalash muhim masala sifatida olg’a surildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir»2 deb ta`kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohatlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog’liq ekanligini alohida uqtirib o’tadi.

Mustaqil O’zbekistonda yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirishga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Marxum birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, muzey, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas. Chunki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yosh avlodga vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo’li–kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.


Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o’rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o’rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko`p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma`naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo`lganlari qadriyat deyiladi.
Milliy qadriyat deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an`anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e`zozlanishga loyiq bo`lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro`zg`or buyumlari, ro`zg`or tutishlari aytiladi. Masalan, o`zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo`stligi xushxulqligi va muloyimligi, g`ayratli va itoatgo`yligi, turli toifadagi odamlar bilan o`zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko`rishi, tinchliksevarligi o`zbek milliy qadriyatlari bo`lib hisoblanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling