MS EXCEL dasturi yordamida yechish
Bu chizili dasturlash masalalarini MS EXCEL dasturi yordamida yechishni ko‘rib chiqamiz. Izoh va boshlangʻich ma’lumotlarni ishchi sohaning katakcha(yacheyka)lariga joylashtirish.
Boshlangʻich ma’lumotlarni ishchi sohaga turli qulay tartibda joylashtirish mumkin. Shulardan bir koʻrinishini koʻrib chiqamiz.
A, C, E, G ustunlardagi hamma katakchalarda masalani yechilishiga ta’sir qilmaydigan tushuntirish izohlari keltirilgan.
B2…B13, D10…D12, F10…F12 katakchalariga chap tomondagi matnga mos sonli ma’lumot kiritilgan.
H2…H4 katakchalarga nol soni, qidirilayotgan x1, x2 va x3 uchun boshlangʻich qiymat sifatida berilgan. H7 katakchada maqsad funksiyaning formulasi kiritilsa: =B2*H2+B3*H3+B4*H4, boshlangʻich qiymatlar nol bo‘lganda funksiya qiymati ham nol boʻladi.
B16…B19 katakchalarga tengsizlikning cheklanish chap qismi joylashtirilgan:
=B10*H2+D10*H3+F10*H4,
=B11*H2+D11*H3+F11*H4,
=B12*H2+D12*H3+F12*H4,
=H2+H3+H4,
bu qiymatlar qidirilayotgan o‘zgarivchilarning nol qiymatida nolga teng.
“Поиск решения” buyrug‘ini ishga tushirish va unga boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritish.
Uskunalar panelida “Поиск решения” buyrug‘i yo‘q bo‘lsa, Файл Параметры Надстройки buyrug‘ini ishga tushuramiz va “Поиск решения” buyrug‘ni tanlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |