Mavzu: “Click”, “Payme”, “Sms to’lov”, “Paynet”, “Upay” to’lovtizimlari Mamlakatimizda elеktron to‘lovlarni rivojlantirishga huquqiy asos yaratish maqsadida 2005 yil 16 dеkabrda «Elеktron to‘lovlar to‘g‘risida»


Download 19.68 Kb.
bet2/2
Sana07.03.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1247799
1   2
Bog'liq
Mavzu “Click”, “Payme”, “Sms to’lov”, “Paynet”, “Upay” to’lovtizimlari

Smsto’lov” dan “Upay” gacha


«UPAY» servis jamoatchilikka 2010-yil dekabr oyida taqdim qi­lingan bo‘lib, u paytda «SMS To‘lov» deb atalgan. 2004-yilda Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etilgan «SSP-Maroqand» unitar korxonasi O‘zbekiston elektron to‘lov tizimlari bozoridagi birinchi servisning muassisi hisoblanadi. 2015-yil 8-sentabrda «SMS To‘lov» servisi rebrending qilinib, o‘z nomini «UPAY» (Universal Payment system)ga o‘zgartirdi. Servis foydalanuvchilari «SMS To‘lov»dan «UPAY»ga o‘z shaxsiy ma’lumotlari yo‘qolmagan tarzda, bezarar o‘tkazildilar.
Imkoniyatlari:
Tizimga:
Internet orqali www.u-pay.uz saytidagi batafsil yo‘riqnoma­dan foydalanib;
ilovani yuklagan holda, Android, IOS platformalari orqali;
SMS orqali mobil telefonda 1400 raqamiga xabar yuborib;
Uzcard EMV (onlayn) plastik kartaga SMS-xabar berishni ulatib, USSD-so‘rov (*850#) orqali ulanish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «UPAY» servisi internet-kanal hamda USSD-so‘rovlar orqali ishlaydi, ulardan barcha mobil aloqa operatorlari (faqatgina «Perfectum Mobile» mobil aloqasidan tashqari) abonentlari foydalanishlari mumkin. Kun sa­yin servisning hamkorlar soni ortib bormoqda, ular «UPAY» servisi yordamida quyidagilar uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin:
mobil aloqa — Beeline, Ucell, Perfectum, UzMobile, UMS;
kommunal xizmatlari — O‘zbekenergo, O‘ztransgaz, TIQ (Toshkent issiqlik quvvati), Maxsustrans, «Hamza-Harakat» MChJ PBT, «Suvsoz» yoki E-kommunal portali orqali;
internet-provayderlar xizmatlari — Sarkor Telekom, Sharq Telecom, TPS, UzOnline, EVO, Comnet, FiberNet, Sonet, Skyline;
raqamli televideniye xizmatlari — Uzdigital TV, mediabay.uz, kinopokaz.uz, player.uz, oxo.uz, online.uz;
telefoniya — Uztelecom, Uztelecom (TShTT filiali), Chirkom, TeleKarta, Platinum Mobile, Oxigen Networks;
sug‘urta kompaniyalari xizmatlari — «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ, «Alskom» sug‘urta kompaniyasi AJ;
veb-saytlar — olx.uz, myjob.uz, hilolnashr.uz, arsenal-d.uz, sharq.uz, soft-media.uz, gb.uz, ahost.uz, uzinfocom.uz, technomart.uz, nextweb.uz, donokasting.uz, woydod.uz, hostim.uz, uzcharmpoyabzal.uz;
O‘zR DSIga mol-mulk va yer solig‘i;
Savdo-sanoat palatasi xizmatlari;
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat bojlarini to‘lash.
Afzalliklari
«UPAY» — milliy elektron to‘lovlar xizmati barcha mobil aloqa yoki Internet, shuningdek, SMS-xabarlar orqali ham naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Uning asosiy afzalligi ham shundadir.
Servisning ko‘zga tashlanadigan jihati — bu tizimda ro‘yxatdan o‘tmasdan xizmatlar uchun to‘lovni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshi­rish imkoniyati mavjud. «UPAY» tizimining quyidagi afzalliklarini alohida ta’kidlash lozim:
servisga bepul ulanish;
turli to‘lovlarni amalga oshirish uchun tizimdan 24/7 rejimida foydalanish;
barcha to‘lovlar uchun komissiyaning mavjud emasligi;
1400 raqamiga bepul SMS-so‘rovlar yordamida xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar qoldig‘ini onlayn-tekshirish;
«UPAY» xizmatlaridan foydalanishda barcha to‘lovlar eng yuqori darajadagi xavfsizlik texnologiyalari bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, «UPAY» servisi orqali kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish imkoniyati mavjud. Servis xizmatidan foydalanishdan asosiy maqsad, kundalik hayotimizda yangi texnologiyalarni qo‘llab, foydalanuvchilarning talablarini qondirish, ularga imkon daraja­sida qulaylik yaratishdir. Xulosa qilib aytganda, «UPAY» kartangizda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi.
Hayot bir joyda to‘xtab qolmaydi. Ayniqsa, axborot tеxnologiyalari sohasidagi o‘zgarishlar ko‘z ilg‘amas darajada sodir bo‘lmoqda. Mamlakatimizda elеktron to‘lov tizimlari (“Click”, “Payme”, “Sms to’lov”, “Paynet”, “Upay”) ish boshlaganiga hеch qancha vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, bugunga kеlib ularning xizmatidan millionlab kishilar foydalanmoqda.
Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling