Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza


Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Davlat soliq xizmati, Bojxona organlari va xizmati faoliyati


Download 59.94 Kb.
bet3/10
Sana22.12.2022
Hajmi59.94 Kb.
#1043038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asadbek

2. Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Davlat soliq xizmati, Bojxona organlari va xizmati faoliyati
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog’liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog’liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi.
Ijtimoiy siyosat o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o’rinda soliq siyosatining mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir.
U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonRespublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmaganlarning daromad solig’i to’g’risida» gi (1991 yil15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lganbo’lsa, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o’z uchini yo’qotishiga olib kelgan bo’lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to’lash majburiyati ham kiritilgan «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’lashga majburdirlar». Shuningdek respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan «O’zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».
Bojxona - 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham B. vakolatiga kiradi. B.lar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi.
Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006-yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda Bojxona muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxonalar boʻlgan.
Oʻrta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor Bojxonasi 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958-yilda Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxonaga boʻysundirildi. 1959-yil aprelda Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. Oʻzbekiston Bojxona tizimining keyingi rivoji natijasida 1984-yilda Toshkent B.si tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona Bojxona postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988-yil oktabrda Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika B. xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli B. postlari faoliyat koʻrsatadi.
Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston B. ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi B. ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
bojxona to‘lovlarini undirish;
bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash;
bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

Download 59.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling